08:35 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

"Oʻzbekkino" Rossiya kinokompaniyalari bilan kelishuvlar imzolaydi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Madaniyat
Havola olish
88 0 0

Moskvada 1-5 oktyabr kunlari "Oʻzbek kinosi haftaligi" boʻlib oʻtadi. Tadbir doirasida oʻzbek kinolari namoyishi qatorida ikki mamlakat kinosanoati vakillarining uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. "Oʻzbekkino" milliy agentligi Rossiyada boʻlib oʻtadigan oʻzbek kinosi namoyishi kunlari davomida Rossiya kinokompaniyalari bilan qator shartnomalar imzolaydi. Bu haqda idora matbuot xizmati agentlik rahbari Firdavs Abduhalikovga tayangan holda xabar bermoqda.

"1-5 oktyabr sanalarida oʻtkaziladigan kino kunlari davomida "Oʻzbekkino" va Rossiyaning yirik kinokompaniyalari oʻrtasida hamkorlikdagi qoʻshma loyihalar borasida qator memorandumlarni imzolaymiz", - deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Shu bilan birga, tomonlar RFning "Gosfilmfond"ida saqlanuvchi bir qator filmlarni Oʻzbekistonga taqdim etish borasida kelishishlari koʻzda tutilgan.

Oʻzbek kinosi haftaligi doirasida Toshkentdan tashrif buyurgan mehmonlar VGIK (Butunrossiya davlat kinematografiya instituti) hamda "Mosfilm" kinostudiyalarida boʻlib, Rossiya kinosanoatining eng mashhur ustalari tomonidan oʻtkaziladigan master-klasslarda ishtirok etadilar.

Festival dasturidan oʻzbek rejissyorlarining 14 ta kinolentalari oʻrin olgan. Oʻzbekistonni "Oskar" mukofotida taqdim etuvchi, yosh oʻzbek kinorejissyori Umid Hamdamovning "Issiq non" filmi - festivalning asosiy premyerasiga aylanishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin ushbu film XXVIII "Kinoshok" festivalining bosh sovrinini qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular