20:59 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
V Moskve v Tsentralnom dome kinematografistov otkrыlis Dni uzbekskogo kino v Rossii

“Oskar”ga daʼvogar oʻzbek filmi Moskvada namoyish etildi

Sputnik
Madaniyat
Havola olish
75910

Oʻzbek kinosi kunlari ochilish marosimida moskvalik tomoshabinlarga Oʻzbekiston “Oskar” mukofotiga ilgari surayotgan Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi namoyish etildi.

TOSHKENT, 3 okt — Sputnik, Lev Rыjkov. Moskvadagi Kinoijodkorlar markaziy uyida Oʻzbek kinosi kunlari boshlandi. Oʻzbek filmlari 6 kun davomida namoyish etiladi. Rossiyalik tomoshabinlar eʼtiboriga “Oʻzbekkino” kinostudiyasi tomonidan ishlagan ham klassik, ham eng yangi filmlar havola qilinadi. 3 oktyabr kuni Qozon shahrida filmlar namoyishi boʻlib oʻtadi.

V Moskve v Tsentralnom dome kinematografistov otkrыlis Dni uzbekskogo kino v Rossii
Sputnik
Moskvadagi Kinoijodkorlar markaziy uyida Oʻzbek kinosi kunlari boshlandi.

Oʻzbek kinosi kunlari ochilish marosimida “Issiq non” filmi yulduzi, “Kinoshok”ning eng yaxshi ayol roli sovriniga ega boʻlgan Feruza Saidova ham ishtirok etdi. “Issiq non” filmida u Norgul – eri tirik boʻla turib beva qolgan ayol (eri Rossiyaga ishlashga ketib, oʻsha yerda uylangan) rolini ijro etgan. Saidova qahramoni oilasini boqish uchun oʻzini ayamaydi.

Feruza Saidova
Sputnik
Feruza Saidova

“Men Norgul obrazi bilan Oʻzbekistonning barcha ayollarini koʻrsatib berishga urindim, - dedi Sputnik nashriga bergan intervyusida Feruza Saidova. – Men tomoshabin ayollar oilasi va farzandlari uchun nimalar qilmasligini anglashlarini, ular har kuni qiladigan muhim, lekin koʻrinmas boʻlgan ishlarni koʻrsatishni xohladim. Axir bu koʻrinmas ishlar zamirida oila kun koʻradi. Norgul butun dunyoga: “Ahvolim yomon! Yordam bering!” deya jar solmaydi. U qoʻlidan kelgan ishlarni qiladi. U hech narsa qaramasdan farzandlari roʻzgʻor nima ekanini bilishlarini xohlaydi”.

Feruza Saidovaning taqdiri u gavdalantirgan qahramon taqdiriga juda oʻxshab ketadi: “Issiq non”da Norgul barcha havaslaridan voz kechgan, aktrisa esa bir vaqtlar qator nufuzli kino loyihalariga rad javobini bergan.

“Mening ikkita kichik yoshdagi farzandim bor edi – oʻgʻlim va qizim, - deya hikoya qiladi Feruza. – Hozir ular, albatta, ulgʻayishgan, lekin ular kichkina boʻlgan vaqtlarida men filmga suratga tushishdan bosh tortganman Axir men oʻzbek ayoliman-ku. Oila men uchun birinchi oʻrinda. Hozir ham hamma loyihalarga rozilik bermayman. Men uchun yaxshi dramaturgiya muhim. Ikkinchisi professial jamoa boʻlish shart. Men hamisha soʻrayman: kim liboslar boʻyicha rassom, kim operator? Yoshlarga ishonaman, lekin bu insonlar oʻz ishining ustasi ekanini bilishim zarur”.

“Oʻzimni komediya va jangari filmlarida ham sinashni istardim, - deydi Feruza Saidova. – Ilgari bu kabi filmlarda rol ijro etish imkoniyatim yoʻq edi. Lekin aktrisa sifatida oʻzimni turli janrlarda sinashni xohlayman”.

Eng yangi tarixda ilk bor

Oʻzbek kinosi kunlari ochilishiga turli tomoshabinlar tashrif buyurdi: Moskvada istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar, kino sohasida tahsil olayotgan talabalar, kino ishqibozlari.

“Oʻzbek kinosi kunlari eng yangi tarixda ilk bor boʻlib oʻtmoqda, - dedi Sputnik nashriga Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixona vakili Zokir Zoitov. – Oxirgi oʻzbek kinosi festivali bundan ancha oldin – 80-yillar oxirida boʻlib oʻtgandi. Oʻshandan buyon bu singari namoyishlar boʻlmagandi. Bu ikki tomonlama madaniy hamkorligidagi ajoyib voqea va yangi qadam”.

Sotrudnik posolstva Uzbekistana v RF Zakir Zaitov
Sputnik
Sotrudnik posolstva Uzbekistana v RF Zakir Zaitov.

Festival davomida Rossiya kinematografik tashkilotlari va yirik kinokompaniyalar bilan madaniy hamkorlik toʻgʻrisida qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

“Mosfilm kinostudiyasi bilan birgalik kino ishlash va renovatsiya va modernizatsiyada “Mosfilm” integratsiya tajribasi masalalarini muhokama qildik, - deya maʼlum qildi Sputnik nashriga “Oʻzbekkino” milliy agentligi xalqaro boʻlimi rahbari Umid Zununov.  -  “Oʻzbekkino” kinostudiyasi hozirda rivojlanmoqda, yangi studiyalar qurilmoqda, eskilari yangi jihozlar bilan taʼminlanmoqda. Biz bu borada “Mosfilm”ga tajribasiga tayanish mumkin yoki mumkin emasligini muhokama qildik.

Rukovoditel mejdunarodnogo otdela natsionalnogo agentstva Uzbekkino Umid Zununov
Sputnik
Rukovoditel mejdunarodnogo otdela natsionalnogo agentstva "Uzbekkino" Umid Zununov.

“Oʻzbekkino” vakili amaliy masalalar ham muhokama qilingani maʼlum qildi. Masalan, “Oʻzbekfilm” mutaxassislarining “Mosfilm”da amaliyot oʻtkazish imkoniyati.  “Ikkinchi darajali” mutaxassislar rejissyor yordamchilari, grim ustalari, liboslar boʻyicha ustalarning stajirovkalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, delegatsiya Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (VGIK) tashrif buyurib, oliygoh rektori va talabalari bilan suhbatlashdi.

Rossiya “Gosfilmofond”i bilan shartnoma imzolash kutilmoqda. Unga koʻra Oʻzbekistonga turli yillarda “Oʻzbekkino” suratga olgan raqamli kinotasmalar nusxasi topshiriladi, dedi Umid Zununov.

“Ushbu filmlar roʻyxati joriy yilning boshida tuzilgan edi, - deydi Umid Zununov. Roʻyxatdan 300 dan ortiq kartinalar oʻrin olgan. Biz umid qilamizki, Rossiya tomoni raqamli nusxalarni bepul taqdim etadi.

Asosiy mavzular