08:38 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Unutilgan durdona asarlar: oʻzbek filmlarining qaysilari yurtiga qaytariladi?

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Madaniyat
Havola olish
32810

Rossiyada boʻlib oʻtgan “Oʻzbek kinosi haftaligi” doirasida “Oʻzbekkino” milliy agentligi va RF “Gosfilmofond” oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, asl nusxalari yoʻqolgan oʻzbek kinotasmalari otsifrovka qilinib vataniga qaytarilishi nazarda tutilgan.

Kinorejissyor Rashid Malikov oʻzbekistonlik tomoshabinlar ixtiyoriga qaysi filmlar qaytarilishi keragu, ular qanday qilib Moskvada paydo boʻlib qolganligi haqida Sputnik Oʻzbekistonga soʻzlab berdi.

Kinorejisser Rashid Malikov
Foto, Iz lichnogo arxiva R. Malikova
Kinorejissyor Rashid Malikov

 

Sovet ittifoqi davrida barcha kinostudiyalar uchun “Goskino” tomonidan tasdiqlangan yagona tizim mavjud edi. Reglamentga koʻra, har bir badiiy film nusxasi “Gosfilmofond” arxiviga yuborilardi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng, yangi kartinalarni kinoarxivlarga yuborishga hojat qolmadi. Ilgari yuborilgan filmlarning nusxalari esa u yo bu sabablarga koʻra yoʻqolgan edi. Shu bilan, Oʻzbekiston butun boshli madaniy qatlamidan ayrildi qoldi.

Bular Internet paydo boʻlguniga qadar sodir boʻlgani uchun, aksariyat filmlar virtual nusxaga ega emas. Ammo bu ijodiy merosni qaytadan tiklash mumkin, albatta. Buning uchun Rossiyaning “Gosfilmofond” arxividagi qolgan oʻzbek filmlarini otsifrovka qilish talab qilinadi.

“Oʻzbekkino” milliy agentligining xalqaro boʻlim boshligʻi Umid Zununov soʻzlariga qaraganda, vataniga qaytarilishini kutib turgan 300 ta badiiy filmdan tarkib topgan roʻyxat ishlab chiqilgan.

Rashid Malikov albatta qayta tiklanishi zarur boʻlgan oʻzbek kinosi durdona asarlari roʻyxatini agentligimiz uchun maxsus shakllantirib berdi. Bu katalogda, tabiiyki, kommunistik mafkurani madh etgan filmlar yoʻq.

Quyida keltirilgan kartinalarning ayrimlari jahon ekranlarida namoyish qilingan, boshqasi tsenzura taʼsirida, qayta-qayta “toʻgʻirlanishlar” bilan koʻrimsiz ahvolga keltirilgan, uchinchilari esa oʻta cheklangan formatda prokatga chiqqan edi.

“Orzu ogʻushida”(Obʼyatiye mechtы): ilk muhabbat moʻʼjizalari

Rejissyor Firdavs Zaynutdinovning bu filmi 1986 yil yozuvchi Oybek (Muso Toshmuhamedov) romani asosida rasmga tushirilgan. Kinotasma, oʻz davrida, XIX Butunittifoq kinofestivalida “Eng yaxshi tasviriy va nafis yechim” sovrini hamda Osiyo, Afrika va Lotin Amerika mamlakatlarining IX Xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi ekranizatsiya” mukofotiga sazovor boʻlgandi. 

“Orzu ogʻushida”(Obʼyatiye mechtы)” -  bu noyob film”, - deydi rejisser R.Malikov. – Unda oʻzbek kinosanoati uchun hayoratomuz eksperimentlar qoʻyilgan, deyish mumkin. Rahmatli Firdavs Zaynutdinov nihoyatda kamtar inson edi, shuning uchun ham u filmini unachalik ham ilgari surishga intilmadi. Film moʻjizali ilk muhabbat toʻgʻrisida boʻlib, u chuqur lirik hissiyot bilan rasmga tushirilgan”.

“Siz kimsiz?”: beʼmanilik komediyasi

Bu kinotasma 1989 yil taniqli rejissyor va kelgusida yirik rossiyalik kinoprodyusseriga aylangan Djanik Fayziyev tomonidan yaratilgan. Film oʻsha yildayoq Kiyevda boʻlib oʻtgan “Debyut” kinofestivalida “Janrdagi izlanishda jasorat uchun” sovrinini va bir yil soʻngra - 1990 yil huddi shu festivalda bosh mukofotni qoʻlga kiritgan edi.

Rejisser Djanik Fayziyev
© Sputnik / Yekaterina Chesnokova
Rejissyor Djanik Fayziyev

 

“Siz kimsiz?” – hajviy va tanqidiy film boʻlib, u oʻz davri uchun noodatiy shaklda tasvirga olingandi. Oʻzbek kinomatografiyasi uchun bu misli inqilob edi.

Internetdagi kinematografik saytlarida “Siz kimsiz?” filmi beʼmanilik komediyasi sifatida qayd etiladi. Bu tasma toʻgʻrisida koʻp hikoya qilinadiyu, ammo uni aslida kamchilik tomosha qilgan.

“Triptix”: San-Remo kinofestivali gʻolibi

1979 yilda rejissyor Ali Hamroyev tasvirga tushirgan bu kartinada urushdan keyingi qishloq sharoitida umr yoʻldoshlari qaytib kelmagan ayollar turmush tarzi toʻgʻrisida hikoya qilinadi. “Triptix”  filmi San-Remoda avtorlik filmlari festivalida Gran-prini qoʻlga kiritgandi.  

© Sputnik / Nikolay Gnisyuk
VII Butunittifoq kinofestivali. 1974 yil 12-19 aprel. Kinofestival ishtirokchilari - aktrisalar Tamara Shokirova, Aida Yunusova va rejissyor Ali Hamroyev.

“Hech shubhasiz aytish mumkinki, bu oʻzbek kinofilmlarining shoh asarlaridandir. Kishini tamoman hayratda qoldiradigan hikoya”, - deydi Rashid Malikov.

“Barxan”: choʻldagi tortishma

Sanjar Babayev qalamiga mansub ushbu kinotasma “Gosfilmofond”ning 1989 yilgi katalogida oʻrin topgan. Garchi film festivallarda mukofotlarni qoʻlga kiritmagan boʻlsa-da, u deyarli barcha qolgan tasmalar orasida eng dong taratganlardandir. Bunday boʻlganini sababi, balki film avtorlik emas, turmush manzaralarini aks ettirgan kriminal drama boʻlgani uchundir, deydi suhbatdosh.

“Barxan”-  er va xotin dam olishga choʻl orqali tushirilgan yoʻldan ketayotganlarida avtomobil buzulib qolishi orqasidan oʻzaro aloqalarni ochiqlashga tushishi va buning natijasi toʻgʻrisidagi umuminsoniy hikoya. 

“Klinika”: unutilgan debyut

Haqsiz unutilgan filmlar qatorida, suhbatdoshimiz Rashid Malikovning oʻzini kinofilmini ham qayd etish joiz.

1989 yil tasvirga olingan “Klinika” nomli Malikovning rejissyorlik debyuti, oʻz davrida Lenin komsomoli mukofotiga sazovor boʻlgandi.  

Reproduktsiya kadra iz filma Klinika. Rejisser i stsenarist Rashid Malikov. Kinostudiya Uzbekfilm. 1987 god.
© Sputnik / R. Xisamutdinova
"Klinika" filmidan reproduktsiya. Rejissyor va stsenariyachi Rashid Malikov. "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi. 1987 yil.

Unda shifoxonadagi suisteʼmolliklarni fosh qilayotgan, haqiqat uchun kurashgan bir shifokor hikoyasi aks etgan. Kinotasma oʻzbek teleekranlarida namoyish qilinsa ham, uning rasmiy otsifrovkaga ehtiyoji bor, albatta

Asosiy mavzular