20:22 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Videokamera

Gollivud yulduzlari oʻzbek tarixiy filmida

© Flickr / Lars Plougmann
Madaniyat
Havola olish
615 0 0

Loyiha ingliz tilida boʻlib, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etadi. Aktyorlarning toʻliq tarkibi ochiqlanganicha yoʻq.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda “Sultona” nomli tarixiy filmning tasvirga olinish ishlari 2020 yildan boshlanishi maʼlum qilindi.

Loyihani MDHda eng yirik telekontentni ishlab chiqaruvchi kinokompaniya – Star Media tatbiq etadi.

“Sultona” teleseriali - xalqaro loyihasi yuzasidan hamkorlik rejalari Star Media asoschisi va bosh prodyusseri Vladislav Ryashin bilan Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Mavjud maʼlumotlarga koʻra, teleserial tasvirlari Samarqand, Buxoro va Xivada olib borilishi kutilmoqda.

Loyiha tamomila ingliz tilida boʻlib, unda Gollivud aktyorlarining ishtiroki rejalashtirilgan. Biroq, aktyorlarning toʻliq tarkibi aytilganicha yoʻq.

Serial syujeti tomoshabinni XVII asr voqeliklariga roʻbaro etadi. Shunday boʻlsa-da, undagi geosiyosat, hokimiyat uchun kurash va muhabbat kabi mavzular bugun ham oʻta aktualdir.

Olti seriyadan tashkil topgan ilk mavsum byudjeti 20 mln. AQSH dollariga teng boʻlib, uning davomi - ikkinchi mavsumi olinishi ham rejalashtirilgan. 

V Uzbekistane snimut istoricheskiy serial s byudjetom $20 mln
Press-slujba
Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi va Star Media vakillari

Qolaversa, Star Media kelgusi yilning oʻzidayoq “Toshkent – non shahri” filmining tasvirlariga ham kirishmoqchi. Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasining taʼkidlashicha, bunda mashhur oʻzbek rejissyori Shuhrat Abbosov qalamiga mansub afsonaviy nomdosh kinotasmaning remeyki haqida gap ketayotgani yoʻq. Bu tamomila yangicha hikoya boʻlishi kutilmoqda.

“Mamlakatingizda “Sultona” teleserialidan tashqari Rossiyaning “Pervыy kanal” loyihasi bilan hamkorlikda “Toshkent – non shahri” filmini ham rasmga tushirayotganligimizdan hursandmiz. Respublikadagi barcha loyihalarimiz Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi koʻmagida amalga oshiriladi”, - dedi Vladislav Ryashin.

Rossiyalik ekspert kelgusi yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda rebate tizimi joriy etilishiga alohida eʼtiborini qaratdi. Bu tizimga koʻra, respublikada kinomahsulotini ishlab chiqarayotgan xorijiy kinokompaniyalar harajatlarini qisman qoplay oladi. Bu, uning fikricha, chet ellik kinokompaniyalar uchun ragʻbatlantiruvchi omil rolini oʻtaydi. Yaʼni, xorijlik kinochilar Oʻzbekistondagi turli janrlarda filmlarni tasvirga tushirish uchun noyob hududlarga eʼtiborini qarata boshlaydi. 

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi Oʻzbekiston Davlat turizmi qoʻmitasi koʻmagida mamlakat hududida audiovizual mahsulotlarni tashkil etishda ishtirok etayotgan xorijiy kinokompaniyalarga beminnat asosda tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik koʻmagini koʻrsatadi.

Asosiy mavzular