16:26 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
149 0 0

"Oʻzbekkino" ikki yil ichida badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar studiyalari jihozlarini toʻliq yangilashni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. “Oʻzbekkino“ milliy agentligi oʻzining texnologik bazasini qayta jihozlashni boshladi, deb xabar qilmoqda OʻzA.

Ushbu maqsadda kompaniya rahbariyati Daniyaga tashrif buyurib, “Danmon Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari xarid qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

“Oʻzbekkino“ kompaniyasi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning taʼkidlashicha, kompaniyaning texnologik bazasi va uning boʻlimlarini har tomonlama qayta jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq amalga oshiriladi.

Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qoʻlga kiritamiz.

“CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, deya qoʻshimcha qildi “Oʻzbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Yangi jihozlar bilan taʼminlash yaqin ikki yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta taʼmirdan chiqariladi.

Asosiy mavzular