06:03 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

“Oʻzbek sahnasiga chiqishni istayman”: San Jay prezidentga murojaat yoʻlladi

© Instagram
Madaniyat
Havola olish
414 0 0

Reper har yili kontsert faoliyatini olib borish uchun 20 million soʻmli litsenziyani olishga majbur boʻlayotgani va lekin buning hech qanday foyda bermayotganidan shikoyat qildi.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. San Jay taxallusi ostida ijod qilayotgan asli navoiylik Sanjar Djavberdiyev oʻz ijtimoiy tarmogʻida Oʻzbekiston prezidentiga murojaatnomasini joylashtirdi.

10-daqiqalik video murojaatida reper uzoq muddat davomida “Oʻzbekkontsert” tarafidan yakkaxon kontsert oʻtkazishga ruxsat ololmayotganidan nolidi.

“Ruxsatnoma uchun mendan keyinroq hujjat topshirganlar allaqachon shahar boʻylab kontsert afishalarini osib chiqqan, men esa haligacha javob kutyapman”, - deydi u.

Reper soʻzlariga qaraganda, u har yili kontsert faoliyatini olib borish uchun 20 million soʻmli litsenziyani olishga majbur boʻlyapti, ammo uning hech qanday foyda bermayotganiga, yakkaxon kontsertga ruxsat hanuzgacha berilmaganiga shikoyat qildi.

“Istagim - Toshkentda 100% jonli ijrodan tashkil topgan, Yevropa standartlariga toʻliq javob beradigan kontsert qoʻyish, – deydi San Jay. – Mening qoʻshiqlarim faqat yaxshilikka daʼvat etadi”.  

Istiqbolda, reper "oʻzbek estradasini dunyo miqyosiga olib chiqib, oʻzbek tilida jahon xitini yaratish"ni maqsad qilib olganini ham aytdi. 

Mavjud toʻsiqlar haqida gapirar ekan, u “kimgadir tashqi koʻrinishim, imidjim yoqmayotgandir, bilmadim”, - deya yakun yasadi.

Asosiy mavzular