09:41 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Fontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii

"Pul yomgʻiri": Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi

Instagram
Madaniyat
Havola olish
86223

“Oʻzbekkontsert” Otajonovga kontsert-tomosha, toʻy-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat koʻrsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib oʻtgan.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda “Oʻzbekkontsert” matbuot xizmati xabar qildi.

Bayonotda yozilishicha, soʻnggi vaqtlarda Jaxongir Atajanov ana shunday masʼuliyatni biroz unutib qoʻydi. Joriy yilning may oyi yaʼni muborak Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Atajanov tomonidan sanʼatkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga toʻgʻri kelmaydigan nomunosib harakatlar kuzatilgandi.

"Bu shunchaki oʻzini koʻz-koʻz qilish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, baribir ijtimoiy tarmoqlardagi bunday koʻrinish yoshlar orasida, jamoatchilik oʻrtasida sanʼat ahli toʻgʻrisida salbiy fikr uygʻotmasdan qolmagan edi.

2019 yil 9 oktyabr kuni “Oʻzbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2019 yil 14 sentyabr kuni “Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori ijrosiga bagʻishlangan sonida studiya monitorida toʻylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi.

Bu lavhada xonanda Jaxongir Atajonov bilan bogʻliq tasvirlar ham aks etib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabatlarini bildirishdi. Ushbu koʻrsatuvdan soʻng joriy yilning 11 oktyabr kuni “Qalampir.uz” saytida “Jamoatchilik xonanda Jaxongir Atajonovning litsenziyasini olib qoʻyishni talab qilyapti” mavzusida maqola eʼlon qilindi. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik oʻrtasida muhokamalarga sabab boʻldi.

Shunga qaramasdan, xonanda J.Atajanov jamoatchilik eʼtirozidan toʻgʻri xulosa chiqarish oʻrniga ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qilib, “Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli boʻlsalaring. Man xursand boʻlaman... xalq madaniyatli boʻlib ketib qolsa shu bilan...” qabilida turli fikrlar bildirdi. Xonandaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoq orqali yoshlar orasida va jamoatchilik oʻrtasida salbiy fikr uygʻotmasdan qolmadi. Xonanda oʻzining maʼnaviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot boʻlgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda.  

    Yuqoridagilarni inobatga olib, litsenziat J.Atajanov bilan tuzilgan litsenziya bitimida mavjud talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Atajanov Jaxongir Saparbayevich nomiga kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 7422-son litsenziyaning amal qilishi 2019 yil 14 oktyabr kunidan tugatiladi. Shu oʻrinda xonanda J.Atajonovga kontsert-tomosha, toʻy-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat koʻrsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib oʻtamiz.

Shu bilan bir qatorda, barcha sanʼat ahlini ijtimoiy tarmoqlarda sanʼatkor odobiga zid turli xil bemaʼni soʻzlarni tarqatmaslik, jamoatchilik oʻrtasida sanʼatkorlarga nisbatan nooʻrin munosabat shakllantirilishiga yoʻl qoʻymasliklari borasida ogohlantiramiz", - deyilgan bayonotda.

Asosiy mavzular