08:16 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Premyera spektaklya Bud vыsok kak gorы v Uzbekskom natsionalnom dramaticheskom teatre

“Togʻlardek baland boʻl”: korruptsiyaga qarshi kurash oʻzbek teatri sahnalarida

© OʻZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATR
Madaniyat
Havola olish
247 0 0

Spektaklda ilk bor respublikaning birorta teatrida koʻtarilmagan mavzu ochib berilgan. Kon-metallurgiya sohasida boy hayotiy tajribaga ega inson qismati va matonatli hayot yoʻli, qoʻrqmas, dovyurak va fidokor oʻzbek shaxta konchilari hayoti teatr sahnasiga olib chiqildi.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik.  Oʻzbek milliy akademik drama teatrida dramaturg Qoʻchqor Norqobil qalamiga mansub “Togʻlardek baland boʻl” asari asosida qoʻyilgan premyera namoyishi boʻlib oʻtdi.

Spektakl premyerasiga mashhur yozuvchi va shoirlar, Navoi kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, shaxta konchilari va keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fathullo Maʼsudov dramani sahnalashtirish jarayoniga toʻxtalar ekan, asarda zamonaviy tomoshabin talab va ehtiyojlari qayd etilgani, hozirda keng jamoatchilik orasida jiddiy dramalarni koʻrishga qiziqish yuqori ekanligiga oʻz eʼtiborini qaratdi.  

Asarda ogʻir sanoat, kon-metallurgiya sohasida uzoq hayotiy tajriba va chuqur hayotiy bilimga ega inson taqdiri toʻlaqonli talqin qilingan. Dramadagi zamon qahramoni shu sohani rivojlantirish uchun barcha turmush qiyinchiliklari va taqdir zarbalariga sobit turib, matonat bilan kurashadi.

Oʻzbekistonliklarning aksariyati mamlakatda korruptsiya tarqalgan, deb hisoblaydi

Oʻta murakkab hayotiy yoʻlni bosib oʻtib rahbar lavozimiga erishgan insonning poklik, zamondoshlariga nisbatan mehr-murruvvat koʻrsatish, xalq va yurt boyligini koʻz qorachigʻidek asrash, korruptsiya va talon-tarojlikka yoʻl qoʻymaslik uchun olchoqlik va turli zugʻumlar oldida irodasi sinmasdan jasorat koʻrsatishi chuqur tahlil qilingan.

Dramada zamon qahramoni obrazi qiyofasi inson dardi va qalb iztiroblari orqali aks ettirilgan. Asarda inson qismati va matonatli hayot yoʻli ifodalangan. 

Spektaklni yosh rejissyor Gʻofurjon Mardonov sahnalashtirgan. Bosh rollarni xalq artisti Zuhra Ashurova, xizmat koʻrsatgan artistlar Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov va boshqalar ijro etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbek milliy akademik drama teatrida 105-ijodiy mavsum boshlandi.

Asosiy mavzular