08:28 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mikrofon na stsene. Arxivnoye foto

"Oʻzbekkontsert" Jahongir Otajonovni toʻylarda litsenziyasiz kuylash xatari haqida ogohlantirdi

© Flickr / Ben Grey
Madaniyat
Havola olish
49401

"Oʻzbekkontsert" xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasi nega olib qoʻyilganini batafsil tushuntirib, xonandani kontsert-tomosha, toʻy-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat koʻrsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib oʻtgan

TOSHKENT, 15 okt - Sputnik. "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi xonanda Jahongir Otajonov atrofida ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan qizgʻin muhokamalardan soʻng xonanda litsenziyasi nega olib qoʻyilgani xususida kengroq toʻxtalishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Eslatib oʻtamiz, 14 oktyabr kuni "Oʻzbekkontsert" xonanda Jahongir Otajonovni litsenziyadan mahrum qilgan edi. OAVlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, xonandaning litsenziyadan mahrum etilishiga uning dollar yomgʻirida "choʻmilgani" sabab boʻlgan. Otajonov bilan bogʻliq bu xabar ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Kimdir xonanda qoʻshiqlarni jonli ijro etishini taʼkidlab, uning litsenziyasi olib qoʻyilganidan afsusdaligini bildirgan boʻlsa, yana kimdir sanʼatkorning xulqiga munosib ish boʻlganini aytgan va "Oʻzbekkontsert" qarori toʻgʻriligini qoʻshimcha qilgan edi.

"Oʻzbekkontsert" rasmiy bayonotiga koʻra, soʻnggi paytlarda ayrim sanʼatkorlarning yurish-turishi, kiyinish va muomala madaniyatida milliy mentalitetga yot boʻlgan holatlar yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

"Xonandalarda xulq odobi birlamchi boʻlmas ekan, har qanday isteʼdod va mahoratli ijro ham ikkinchi darajali boʻlib qolaveradi. Xonandalar xalq nazaridagi inson, ularga yoshlar ergashadi, andoza oladi. ... Coʻnggi vaqtlarda Jaxongir Otajonov ana shunday masʼuliyatni biroz unutib qoʻydi", - deyiladi bayonotda.

Taʼkidlanishicha, 2019 yil 9 oktyabr kuni "Oʻzbekiston" telekanali orqali efirga uzatilgan "Munosabat" tok-shousining oilaviy tadbirlarni tartibga solish toʻgʻrisidagi qaror ijrosiga bagʻishlangan sonida studiya monitorida toʻylardan olingan lavhalar koʻrsatilgan va muhokama qilingan.

Lavhalarning birida xonanda Jahongir Otajonov bilan bogʻliq tasvirlar ham aks etgan boʻlib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabat bildirishgan. Koʻrsatuvdan soʻng OAVlarda "Jamoatchilik xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qoʻyishni talab qilyapti" mavzusida maqola eʼlon qilingan. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan.

"...xonanda Jahongir Otajonov jamoatchilik eʼtirozidan toʻgʻri xulosa chiqarish oʻrniga, ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qildi va "Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli boʻlsalaring. Man xursand boʻlaman... xalq madaniyatli boʻlib ketib qolsa shu bilan..." qabilida fikrlarni bildirdi. Xonandaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoq orqali yoshlar orasida va jamoatchilik oʻrtasida salbiy fikr uygʻotmasdan qolmadi. Xonanda oʻzining maʼnaviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot boʻlgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olib,  <...> J.Otajonovning litsenziyasi 2019 yil 14 oktyabr kunidan tugatildi. Shu oʻrinda xonanda J. Otajonovga kontsert-tomosha, toʻy-yubiley va boshqa tantanalarda litsenziyasiz faoliyat koʻrsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib oʻtamiz", - deyiladi "Oʻzbekkontsert" bayonotida.

Muassasa barcha sanʼat ahlini ijtimoiy tarmoqlarda sanʼatkor odobiga zid turli xil bemaʼni soʻzlarni tarqatmaslik, jamoatchilik oʻrtasida sanʼatkorlarga nisbatan nooʻrin munosabat shakllantirilishiga yoʻl qoʻymasliklari borasida ogohlantirgan.

Asosiy mavzular