08:05 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ctudentы Moskovskogo gosudarstvennogo lingvisticheskogo universiteta

Moskvada “Oʻzbek tili doʻstlari” klubini ochish haqida qaror qabul qilindi

© Posolstvo Uzbekistana v Rossii
Madaniyat
Havola olish
25310

Moskva davlat lingvistika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili” haqidagi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan oʻquv-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Moskva davlat lingvistika universitetida Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat tili” haqidagi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlangan oʻquv-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Uchrashuvda oliy oʻquv yurti professor va oʻqituvchilari, oʻzbek tilini oʻrganayotgan rossiyalik talabalar ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar qayd etganidek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili oʻzbek xalqi uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir”, - deyilgan xabarda.

Studentы Moskovskogo gosudarstvennogo lingvisticheskogo universiteta
Studentы Moskovskogo gosudarstvennogo lingvisticheskogo universiteta

Uchrashuv davomida Moskva davlat lingvistika universiteti talabalari oʻzbek tilining turli jihatlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy shoir va yozuvchilari, tarixi va zamonaviy taraqqiyotiga bagʻishlangan taqdimotlar bilan chiqdilar.

Talabalar tomonidan oʻqib berilgan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur gʻazal va ruboiylari, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Erkin Vohidovning sheʼrlari tadbir koʻrkiga koʻrk qoʻshdi.

Boʻlib oʻtgan muloqot yakunida uning ishtirokchilari bir ovozdan doimiy ravishda faoliyat yuritadigan “Oʻzbek tili doʻstlari” klubi tashkil etish haqida qaror qabul qildilar.

Asosiy mavzular