09:30 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Torgovlya suvenirami dlya turistov

Madaniy meʼros obʼyektlari 30 yilgacha foydalanishga berilishi mumkin

Mixail Genis
Madaniyat
Havola olish
103 0 0

Boʻsh turgan madaniy meʼros obʼyektlari jismoniy va yuridik shaxslarga savdo, internet va ekskursiya xizmatlari koʻrsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Moddiy madaniy meʼros obʼyektlari 5 yildan 30 yilgacha foydalanishga berilishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston Hukumatining 18 oktyabrda imzolangan 881-sonli nizomda aytib oʻtilgan.

Nizomga muvofiq, balansida davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obʼyekti boʻlgan yuridik shaxslar undan foydalanish boʻyicha har yili Madaniy meros departamentiga taklif kiritadi. Departament taklifni oʻrganib chiqqanidan keyin tegishli xulosa qiqaradi va uni sayt orqali eʼlon qiladi.

Doimiy va davriy ravishda diniy urf-odat va marosimlar oʻtkazib turiladigan obʼyektdan foydalanish maqsadlari va shartlari Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishiladi.

Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar boʻsh turgan obʼyektni foydalanishga berish taklifi bilan chiqishi mumkin va moddiy madaniy meʼros obʼyektlari savdo, internet va ekskursiya xizmatlari koʻrsatish uchun ijaraga berilishi mumkin.

Asosiy mavzular