20:31 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Al Bano

Italiyalik xonanda Al Bano Toshkentda kontsert beradi

Afisha.uz
Madaniyat
Havola olish
134 0 0

Felicità, Ci Sarà, Sharazan, Liberta qoʻshiqlarini ijro etgan italiyalik mashhur xonanda Al Bano Toshkentda oʻz qizi Romina Karrizi bilan birga kontsert beradi.  

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Italiyalik mashhur xonanda Al Bano oʻz qizi bilan Toshkentda kontsert beradi, deb xabar qilmoqda  "Afisha.uz".

“Al-Bano va Romina Karrizi dueti kontserti 22 oktyabr kuni Xalqlar doʻstligi saroyida boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Al Bano 80-90 yillarda oʻta mashhur boʻlgan bir necha qoʻshiqlar ijrochisidir. Xususan Felicità, Ci Sarà, Sharazan, Liberta va boshqa mashhur qoʻshiqlar yillar davomida koʻpchillik sevib kuylaydigan xitlarga aylangan.

Shuningdek, 18 dekabr kuni Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida Rossiya estradasi qiroli Filipp Kirkorovning kontserti ham boʻlib oʻtadi. Xonanda oʻzining The Best nomli yakkaxon dasturi bilan sahnaga chiqadi.

Asosiy mavzular