09:37 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kartinы v muzeye im. Savitskogo v Nukuse

Savitskiy muzeyi direktori ziyon yetkazilgan durdona asar taqdiri xususida soʻzladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Madaniyat
Havola olish
239 0 0

I.V.Savitskiy nomidagi Nukus muzeyida saqlanib kelingan avangard-rassom Aleksandr Shevchenko qalamiga mansub “Baba s vedrami” asari zarar koʻrgan edi. Rasmning kelgusi yil doimiy koʻrgazma safiga qaytarilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik, Mariya Naumenko. I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi direktori Gulbahor Izentayeva Shevchenkoning mashhur durdona asari ustida olib borilayotgan restavratsiya ishlari qanday kechayotgani hamda koʻrgazma majmuasi yongʻinga qarshi tizimi modernizatsiyasi qachonga rejalashtirilgani xususida soʻzladi.

Yongʻinni oʻchirish tizimining favqulodda ishlab ketganligi natijasida "Baba s vedrami" asariga ziyon yetkazilgan va u hali-xanuz konservatsiyada saqlanmoqda, ammo kelasi yil asar muzey zallarida koʻrgazmaga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

"Baba s vedrami" asari hozirda restavratsiyada saqlanyapti. Moskvadan ekspert Nadejda Koshkina kelib asarni konservatsiyalab ketgan edi. Koshkinaning yil oxiriga qadar kelishini kutyapmiz. Hozirda u ishlaydigan Grabar nomidagi markaz direktori nomiga xat yoʻllaganmiz", - deydi Izentayeva.

Uning soʻzlariga koʻra, eng muhim jarayon - boʻyoq qatlamining suratda mustahkamlab olinishi allaqachon amalga oshirilgan va asarga qoʻshimcha tus berish, yaʼni "pardozlash" qolgan, xolos.

"Jamoatchilik ushbu shoh asarni kelgusi yilda yana tomosha qilishidan juda umidvormiz. Suratni yana muzey ekspozitsiyasiga qoʻyishni maqsad qilib olganmiz", - qoʻshimcha qildi muzey direktori.

Muzeyning yongʻinga qarshi tizimi modernizatsiyasi haqida soʻz yuritar ekan, Izentayeva bu murakkab va koʻp mablagʻ talab qiladigan ish ekanligiga eʼtibor qaratdi. Yongʻinni oʻchirishda qoʻllanilayotgan suv asosidagi tizimni gaz tizimiga oʻtkazish uchun mablagʻ kerak. Respublika Madaniyat vazirligi orqali Moliya vazirligiga tegishli murojaat yuborilgan. Moliya vazirligi moliyalashtirish masalasini hal qiladi.

I.V.Savitskiy nomidagi muzeyni "Sahrodagi Luvr" deb ham atashadi. Koʻrgazmada XX asr birinchi yarmidagi avangard-rassomlarning durdona asarlari jamlangan.

Kartina Baba s vedrami xudojnika Aleksandra Shevchenko
"Baba s vedrami" asari. Rassom Aleksandr Shevchenko. 1914 yil.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil iyul oyida Savitskiy muzeyida oʻt oʻchirish tizimining notoʻgʻri ishlab ketishi oqibatida jiddiy zarar koʻrgan asarning bugungi kundagi oʻrtacha narxi qariyb 1,5 mln AQSH dollarga baholangan.

Asosiy mavzular