08:11 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Maksim Fadeyev

Fadeyev Nargiz bilan janjaldan soʻng yurak xurujiga uchradi - OAV

Instagram
Madaniyat
Havola olish
421 0 0

OAVda 51 yashar prodyuserga asab charchogʻi tufayli roʻy bergan infarkt oldi holati tashxisi qoʻyilgani haqida xabarlar tarqalgan edi

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. Kecha Internet tarmogʻida Maksim Fadeyevning yurak xurujiga uchragani haqida xabarlar tarqaldi: 51 yashar prodyuser oʻzini yomon his eta boshlagan, kompozitorning Podmoskovyedagi uyiga kelgan shifokorlar unga asab charchashi tufayli yuzaga kelgan infarkt oldi holati tashxisini qoʻyishgan.

Sal vaqt oʻtib, prodyuser direktori, ushbu maʼlumotlarni rad etdi.

"Hech qanday muammo yoʻq. Hammasi yaxshi. Maʼlumot notoʻgʻri", - deyiladi xabarda.

Shunga qaramay, Fadeyevning shogirdi Olga Seryabkina oʻz Instagram'ida artist bilan birga tushgan suratni joylagan va izoh oʻrnida: "Oʻzni avaylash kerak. Hayotda eng qadrlisi - sogʻlik. Hammasi yaxshi boʻlishiga ishonaman", - degan soʻzlarni yozib qoldirgan.

Keyinchalik Fadeyevning shaxsan oʻzi Instagram orqali muxlislarga murojaat qildi. U teleboshlovchi Boris Korchevnikov bilan birga tushgan suratini eʼlon qilib, "Hayotimda yaxshiliklar ham, yomonliklar ham boʻlgan, men bu haqda "Inson taqdiri" koʻrsatuvida gapirdim", deya yozgan.

Intervyu davomida prodyuser murakkab kechgan bolaligi, kurashchi boʻlish orzusi, yurakdagi muammolari va uni sanʼat yoʻlida hamda shaxsiy hayotda bir zumda "ulgʻaytirgan"klinik oʻlim haqida soʻzlab bergan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Maksim Fadeyev Nargizning oxirgi intervyusiga izoh bergan edi.

Prodyuser, hech kim hech kimdan ketmaganligini, aksincha, uning oʻzi xonandani leybldan haydab yuborganiga oydinlik kiritgan.

Xonanda Nargiz Zokirova Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda Maksim Fadeyev bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, prodyuser bilan hamkorlikda kechgan besh yilga "goʻyo qamoqda oʻtkazilgan yillar", deya baho bergan.

Nargizning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda hayoti pozitiv va ijodga limmo-lim.

Asosiy mavzular