"Viski, orsiz gaplar va xaos": Nargiz konsertda o‘z fanatlarini shokka soldi

© Sputnik / Asatur YesayantsKonsert pevisi Nargiz v Yerevane
Konsert pevisi Nargiz v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomoshabinlardan yana birining aytishicha, Nargiz sahnada turib o‘z muammolari haqida arz qilgan, xit taronalar o‘rniga esa tomoshabinlarni uyatsiz so‘zlardan iborat rok qo‘shiqlar bilan "siylagan".

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Kecha kechga yaqin OAVlarda tomoshabinlar Nargiz Zokirovaning konsertini uning "mast holatdagi hatti-harakatlari" tufayli tark etishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Nargiz i Maksim Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston
Maksim Fadeyev sukunatga chek qo‘ydi va Nargiz bilan bo‘lgan mojaroga izoh berdi

Xabarlarga ko‘ra, artist o‘z chiqishi vaqti so‘kingan va tinmay alkogol iste’mol qilgan.

"Tinimsiz so‘kinishlar, baqir-chaqir. Vaholanki, zalda oilaviy kelganlar ham bor edi. Konsert tartibsiz tashkillashtirilgan, Nargiz tinimsiz viski ichar edi. Ixlosimiz qaytib, chiqib ketdik. Konsert tugashini kutib o‘tirmadik", - deb hikoya qilgan MK nashriga konsertga oilasi bilan borgan mahalliy yashovchilardan biri.

Tomoshabinlardan yana birining aytishicha, Nargiz sahnada turib o‘z muammolari haqida arz qilgan, xit taronalar o‘rniga esa tomoshabinlarni uyatsiz so‘zlardan iborat rok qo‘shiqlar bilan "siylagan".

RIA Novosti xabar berishicha, sal o‘tib xonandaning direktori Vladimir Korsunov Nargizning Ussuriyskdagi konserti yaxshi o‘tgani, xonanda hech qachon o‘z chiqishlarini qoldirmasligini va tarqalgan mish-mishlarning barchasi yolg‘onligini ta’kidlagan.

Konsert pevisi  Nargiz v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
"90-yillar hidi kelmoqda": Nargiz Maksim Fadeyev uni ta’qib qilayotgani haqida gapirdi

"Mast edi", degani nimasi? Nargiz birorta konsertini keyinga qoldirmadi, bularning hammasi ko‘pirtirilgan yolg‘on: mish-mishlarga ko‘ra, goh u qo‘shiq kuylolmaydi, goh u gapirolmaydi. Bularning barchasi fitnaga yo‘g‘rilgan maqolalar, umuman olganda nega bunday bo‘layotgani shundoq ayon", - deb aytgan Korsunov.

Shu kunlarda Internet tarmog‘ida Nargiz bilan yuz bergan mojarodan so‘ng Maksim Fadeyevning yuragi xuruj qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Maksim Fadeyev Nargizning oxirgi intervyusiga izoh bergan edi.

Produser, hech kim hech kimdan ketmaganligini, aksincha, uning o‘zi xonandani leybldan haydab yuborganiga oydinlik kiritgan.

Xonanda Nargiz Zokirova Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda Maksim Fadeyev bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, produser bilan hamkorlikda kechgan besh yilga "go‘yo qamoqda o‘tkazilgan yillar", deya baho bergan.

Nargizning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda hayoti pozitiv va ijodga limmo-lim.

Yangiliklar lentasi
0