08:05 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Maksim Fadeyev

Nargiz bilan janjaldan soʻng Fadeyev barcha artistlar bilan shartnomalarni bekor qildi

YouTube
Madaniyat
Havola olish
257 0 0

Prodyuser soʻzlariga koʻra, leybl shundan hajmgacha oʻsgan-ki, bugun uni nazorat qilishning imkoni yoʻq. Shu sabab ham ushbu qaror qabul qilingan.

TOSHKENT, 31 okt - Sputnik. Yurak xuruji haqidagi mish-mishlar va Nargiz bilan yuz bergan mojaro haqidagi xabarlardan soʻng, Maksim Fadeyev barcha artistlar bilan shartnomalarni bekor vildi, u bu haqda videomurojaatida maʼlum qilgan.

MALFA prodyuserlik markazi artistlarga ularning kontentidan foydalanish imkonini qoldirdi. Shuningdek, endilikda kompaniya eksklyuziv materiallar yaratishga ixtisoslashishi maʼlum qilingan.

"Men, mana 30 yildirki MALFA kompaniyasini uzluksiz boshqarib kelmoqdaman. Men bu bayonotni qay tarzda ommaga yetkazishni ochigʻi bilmay turgandim, chunki juda koʻp mish-mishlar yuribdi. Shunga ishonchim komilki, butun shou-biznes nimalar roʻy berayotganidan xabardor, ammo muxlislar bu haqda bilishni istashmoqda. Men sizlarga nimalar boʻlayotganini shaxsan oʻzim aytmoqchiman. MALFA kompaniyasi leybldagi barcha artistlar bilan shartnomalarni bekor qildi. Shu bilan birga biz barcha kontentlarni mualliflik huquqlari saqlanib qolinishi sharti bilan artistlarga tekinga foydalanishga berdik", - dedi Fadeyev oʻzining videomurojaatida.

U shuningdek, kompaniya tashkil topganidan buyon birinchi marotaba bu kabi global oʻzgarishlarni boshdan kechirmoqda. Prodyuserning soʻzlariga koʻra, leybl shunday hajmda kattalashib ketganki, uni nazorat qilishning imkoni qolmagan, shu bois ham bunday qaror qabul qilingan.

"Endilikda oldinga harakatlanamiz. Bu oʻzgarishlarga sabab boʻlgan mahsulotni sizga taqdim etishga ahd qilganmiz. U mutlaqo eksklyuziv, juda qimmat kompaniya boʻladi, mass-market emas. Biz endi bozorga koʻp artistlarni taklif eta olmaymiz, yiliga bir yoki ikki arstistni taqdim qilishimiz mumkin. Eʼtiborimizni yanada yaxshiroq jamlab, eng yaxshi mahsulotni taqdim etamiz", - deb taʼkidlagan Fadeyev.

Maksim Fadeyevning MALFA kompaniyasi Molly, "Serebro" guruhi, Tereza, Isayya va bir qator boshqa musiqachilar bilan hamkorlik qilgan.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Internet tarmogʻida Maksim Fadeyevning yuragi xuruj qilgani haqida xabar tarqalgan, ammo artist direktori buni rad etgan edi.

Asosiy mavzular