08:04 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Jerar Depardye posetil Tsentr islamskoy tsivilizatsii v Tashkente

Jerar Depardye Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Uzbekkino
Madaniyat
Havola olish
170 0 0

Aktyor Oʻzbekiston azaldan olimlar va buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan zamin ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

TOSHKENT, 7 noyab - Sputnik. Taniqli frantsuz aktyori Jerar Depardye Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda "Oʻzbekkino" milliy agentligi maʼlum qildi. Mashhur frantsuz aktyori Jerar Depardye Oʻzbekiston haqidagi hujjatli film suratga olish ishlari uchun Toshkentga keldi. Aktyor Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Depardye, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov va «Oʻzbekkino» agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan ham suhbatlashdi.

Jerar Depardye posetil Tsentr islamskoy tsivilizatsii v Tashkente
Uzbekkino
Jerar Depardye Toshkentdagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

«Men ushbu markazni barpo etish tashabbusi bilan chiqqan mamlakatingiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu yondashuviga qoʻshilaman. Mamlakatingizda ushbu muqaddas dinni insonparvarlik qadriyatlarning diqqat markazi sifatida ulugʻlaydilar va bu buyuk eʼtiqodni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan tenglashtirganlarni qoralaydilar. Bugungi kunda koʻplab ekspertlarning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston musulmon dunyosi uchun insonparvarlik rivojlanish modelining poydevorini qoʻymoqda. Bu haqiqatan ham tarixiy lahzalardir», — deya, Depardye oʻz fikrlarini bildirdi.

Aktyor Oʻzbekiston azaldan olimlar va buyuk mutafakkirlarni dunyoga keltirgan zamin ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, u oʻzbek xalqining mehmondoʻstligidan va Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosidan hayratda ekanligini bildirdi.

«Oʻzbekistonga noyob jugʻrofiy oʻrin (hudud) tuhfa etilgan. Osiyoning qoq yuragida joylashgan bu mamlakat oʻzidan tashqaridagi mamlakatlarning madaniyatidan koʻplab madaniy anʼanalarni toʻpladi va shu bilan birga oʻz tajribasini tashqi olamga yetkazdi», - deya taʼkidladi Depardye.

Depardye soʻzining oxirida Islom merosi, maʼrifatli islom mavzusi Oʻzbekistonda suratga olish ishlari boshlangan filmning asosiy mavzularidan biri boʻlishini qoʻshimcha qildi.

Jerar Depardye Oʻzbekiston haqidagi filmda suratga tushadi

Eslatib oʻtamiz, Jerar Depardye ishtirokida hujjatli filmni suratga olish tashkilotchilari sifatida «Oʻzbekkino», Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekistonning Frantsiyadagi elchixonasi tashabbus koʻrsatmoqda.

Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekistonning 5 ta shahri - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Nukusda olib boriladi.

Asosiy mavzular