Kirkorov - Yulduz Usmonovaga: musiqiy parvozingiz davom etsin, muhabbat kuychisi

© SputnikYubileyniy konsert Yulduz Usmanovoy v Moskve
Yubileyniy konsert Yulduz Usmanovoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya xalq artisti Filipp Kirkorov Moskvadagi o‘zbek primaddonasi Yulduz Usmonovaning konsertiga keldi. Konsertdan oldin Kirkorov Usmonovaga yangi ijodiy zafarlar va estradada "uzoq porlashni" tiladi.

Rossiya estradasi qiroli gastrolga uchishi oldidan, aeroportga ketayotganda o‘zining eski qadrdoni konsertiga keldi. Filipp Kirkorov Yulduz Usmonovaga go‘zal atirgullardan iborat guldastani sovg‘a qilib, uni Moskvadagi katta konserti bilan tabrikladi.

Filipp Kirkorov priyexal na konsert Yulduz Usmanovoy  - Sputnik O‘zbekiston
Kirkorov kutilmaganda Yulduz Usmonova konsertiga tashrif buyurdi – video

"U allaqachon professional xonanda sifatida shakllanib bo‘lgan, shu bois, musiqiy parvozi davom etishini tilayman, toki muxlislari yuzidan tabassum hech qachon arimasin. U haqiqiy muhabbat kuychisi, uning ijodi chegara bilmaydi. Biz hammamiz bir paytlar katta mamlakatning farzandlari edik, biroq yangi chegaralardan keyin ham muloqotimizni davom ettirib, muxlislarga quvonch baxshida etishda davom etapmiz”, - dedi Kirkorov  Sputnik O‘zbekiston muxbiriga konsert boshlanishidan avval.

Kirkorov o‘zi ham yaqinda Toshkentda konsert berishi va o‘zbekistonlik muxlislar bilan yana bir bor uchrashishidan mamnunligini qo‘shimcha qildi.

“Axir, muxlislar uchun chegaralar muhim emas, ular uchun asosiysi, sevimli san’atkorlari xuddi Yulduz singari ijobiy his-tuyg‘ularni baxshida etib, ular uchun yo‘l ko‘rsatuvchi yulduz bo‘lib qolishida. Shuning uchun, yana bir bor unga osmonda uzoq va yorqin porlashini tilayman”, - dedi Kirkorov.

Yulduz Usmonovaning yubiley konserti 13-noyabr kuni "Krocus Citi Xoll"da bo‘lib o‘tdi. Konsert - san’atkorning Qozog‘iston va AQShga uyushtiriladigan dunyo bo‘ylab gastrol safarining bir qismidir.

Kirkorov — Yulduz Usmanovoy: pevitsa lyubvi, prodoljay letat v muzike
Yangiliklar lentasi
0