15:22 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
115 0 0

Gongongdagi “DigiCon6 Asia Awards-2019” nufuzli xalqaro kinofestivali mukofotiga “Choy” va “Sovgʻa” filmlari taqdim etilgan.

TOSHKENT, 28 noya - Sputnik. Oʻzbek filmlari ilk bor  “DigiCon6 Asia Awards-2019” nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi.  Oʻzbekistonlik yosh kinoijodkorlar festivalga ishtirok etish uchun Gonkongga joʻnab ketishdi. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar qildi.

Qayd etilishicha, festival mukofotiga Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovgʻa” filmi taqdim etilgan.

“Yosh kinoijodkorlar - milliy kinematografiyaning kelajagi, shu sabab ularning ijodiy mahorati oshishiga katta eʼtibor qaratish lozim,” - deydi “Oʻzbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Shuningdek, bunday nufuzli festivalda kinoijodkorlar Oʻzbekistonda yosh kinoijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oʻzlarining qobiliyati tufayli ishtirok etishayotganini qoʻshimcha qilgan.

“DigiCon6 ASIA Awards” – har yili kuz oyida Osiyodagi eng iqtidorli kinoijodkorlarni izlab topish va mukofotlash maqsadida oʻtkaziladi.  Ushbu “DigiCon6 ASIA” kinofestivalida  Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand, Oʻzbekistan va boshqa Osiyo davlatlaridan ishtirokchilar qatnashadilar. Yaponiyaning yirik media kinokompaniyasi TBS kinofestival tashkilotchisi hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Shokir Xoliqovning “Choy” filmi Kann festivalida Gran-prini qoʻlga kiritgan edi. Ushbu gʻalaba bilan “Oʻzbekkino” yosh rejissyorni tabriklab, serviz hadya etgan edi.

Asosiy mavzular