01:21 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Na territorii kreposti Ichan-Kala v Xive

Xiva Turk dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi

Sputnik / Mariya Naumenko
Madaniyat
Havola olish
160 0 0

Qaror Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Turkmaniston vakillari tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangan.

TOSHKENT, 2 dek - Sputnik. Xiva shahri 2020 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi. Bu haqda Turksoy Madaniyat vazirlari kengashining Oʻshda boʻlib oʻtgan 37-yigʻilishida maʼlum qilindi. Bu haqda Qirgʻiziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi xabar qilmoqda. 

Taʼkidlanishicha, qaror Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Turkmaniston vakillari tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangan.

Madaniyat vazirining oʻrinbosari Kamola Akilova Oʻzbekiston tarafidan ishtirok etgan va  bugungi kunga qadar oʻzligini saqlab qolgan Xiva obidalari haqida soʻzlab bergan.

Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sammitida 2020 yilda Xiva shahrini Turk dunyosi madaniy poytaxti deb eʼlon qilishni taklif qilgan edi.

Turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili Turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2019 yilda bu maqomga Qirgʻizistonning Oʻsh shahri egalik qilmoqda.  2012 yilda Ostona shahri birinchi Turk dunyosi madaniy poytaxti boʻlgan.

Xalqaro turk madaniyati tashkiloti – TURKSOY turkiy xalqlarning doʻstligi va oʻzaro hamjihatligini mustahkamlash, umumiy turk madaniyatini kelajak avlodlarga yetkazish maqsadida faoliyat olib boradi. 

Mavzu boʻyicha

Turkiy tilli mamlakatlar Yevroosiyoga qoʻshilgani maʼqul – ozarbayjonlik siyosatshunos
Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibini qabul qildi
Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida nimalarni maʼlum qildi
Teglar:
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Xiva

Asosiy mavzular