Bu film "bomba" bo‘ladi: Ivan Arxipov "Baron-2" kartinasi haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKartina "Baron2" sozdayetsya pri sodeystvii NA "Uzbekkino" produserskim sentrom "Inferno"
Kartina Baron2 sozdayetsya pri sodeystvii NA Uzbekkino produserskim sentrom Inferno - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Baron 2: Qaytish" kartinasi "O‘zbekkino" hamkorligida Rossiyaning "Inferno" produserlik markazi tomonidan suratga olinishi ma’lum qilindi.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. "O‘zbekkino" milliy agentligi tomonidan O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o‘rtasida ijodiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, "Baron 2" filmini ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida suratga olish rejalashtirilgan.

akter Farxad Maxmudov - Sputnik O‘zbekiston
Farxod Maxmudov: ijobiy qahramonlarni o‘ynash - zerikarli

"Baron 2: Qaytish" kartinasi "O‘zbekkino" hamkorligida Rossiyaning "Inferno" produserlik markazi tomonidan suratga olinishi ma’lum qilindi.

"Bu film haqiqiy bomba bo‘ladi, va albatta, bu O‘zbekistondagi eng talantli rejissor Rustam Sagdiyev tufayli. U o‘zini ayamaydi. Sidqidildan yondashadi. Filmda o‘zbek aktorlari, rossiyalik aktorlar, qozog‘istonlik yulduz, Belarus, Turkiya, Misr va Suriyadan artistlar rol ijro etishgan", - dedi kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya kinoforumi davomida "Inferno" produserlik markazi rahbari Ivan Arxipov.

Eslatib o‘tamiz, jangari ruhdagi filmning birinchi qismi 2016-yil 15-yanvarda katta ekranlarga chiqqan va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otgan. Film davomida aktor Farhod Maxmudov ishtirok etishi ma’lum.

Yangiliklar lentasi
0