Olovuddinning O‘zbekistondagi sarguzashtlari haqida qisqa metrajli film namoyish etildi

© YouTubeAladdin zanimayetsya parkurom: bloger snyal video v Uzbekistane
Aladdin zanimayetsya parkurom: bloger snyal video v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Film O‘zbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan.

TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Olovuddinning O‘zbekistondagi sarguzashtlari haqida qisqa metrajli film namoyish etildi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, parkur harakatlari ishlatilgan film tarixiy janrda suratga olingan. Uning sujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag‘ishlangan.

Film O‘zbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan. Olovuddin rolini ekstremal aktor Kalen Chan ijro etgan.

Mazkur film O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan YouTube ijtimoiy videoxostingidagi devinsupertramp kanalining Amerikalik rejissori Devin Grem tomonidan ishlangan.

“O‘zbekistonda bir umr suratga olish imkonimiz bor edi. Tasvirga olish ishlarini Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirdik. Hammasi huddi filmdagidek ko‘rinardi, lekin bari real edi. Odamlarning munosabati judayam do‘stona, taomlar esa nihoyatda mazali, binolar va tarix esa fenomenal edi”, - deb izoh qoldirilgan kanalda.

Sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi kanalning 5,5 milliondan ziyod obunachisi bo‘lib, undagi videolar 1,3 milliard martadan ortiq ko‘rilgan. 

Yangiliklar lentasi
0