O‘zbekistonda 2020-yil uchun madaniy tadbirlarning yagona taqvimi chop qilindi

Obuna bo‘lish
Yagona taqvimda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan mahalliy va xalqaro tadbirlar ro‘yxati, ularning turlari, joylashgan joyi, sanasi hamda tashkilotchilari ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yilda madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini tuzdi.

Yagona taqvimda O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan mahalliy va xalqaro tadbirlar ro‘yxati, ularning turlari, joylashgan joyi, sanasi hamda tashkilotchilari ko‘rsatilgan.  Mazkur taqvimni yaratishdan asosiy maqsad xorijiy sayyohlarni mamlakatga  jalb qilish va O‘zbekiston brendini xalqaro turizm bozorida keng targ‘ib qilishdan iboratdir.  

Taqvim quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • xalqaro konferensiyalar, seminarlar;
  • xalqaro va milliy ko‘rgazma va yarmarkalar;
  • milliy cholg‘u asboblari konsertlari;
  • sport musobaqalari va tadbirlari;
  • milliy hunarmandchilik sohasidagi tadbirlar;
  • teatr va ko‘ngilochar tomoshalar va milliy o‘yinlar;
  • turistik va madaniy meros obyektlarida tadbirlar va boshqalar.  

Madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining tegishli media-kontentli yagona taqvimi www.uzbektourism.uz, uzbekistan.travel, www.uzevent.com veb-saytlariga uch (o‘zbek, rus va ingliz) tilda joylashtirilgan. 

Yangiliklar lentasi
0