04:56 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
367 0 0

Oʻzbekistonlik yosh kinorejissyorning filmi Belarussiyaning Minsk shahrida oʻtkazilgan “Ladoshka” xalqaro festivalida gʻolib boʻldi.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonlik yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning “Alla” qisqa metrajli filmi Belarussiyaning Minsk shahrida oʻtkazilgan “Ladoshka” xalqaro festivalida gʻolib boʻldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, film festivalning “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.

«Kolыbelnaya» Fatыxa Nasimova poluchila glavnыy priz  v nominatsii «Luchshiy korotkometrajnыy film»
«Kolыbelnaya» Fatыxa Nasimova poluchila glavnыy priz v nominatsii «Luchshiy korotkometrajnыy film»

Kinorejissyor Hilol Nasimovning oʻgʻli boʻlgan Fotih Nasimov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Kino televideniye rejissyorligi” boʻlimining 1-kurs magistraturasida oʻqiydi.

“Alla” qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov oʻquv davridagi diplom ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan.

Bundan avval, ushbu film Qozogʻistonning Olma-ota shahrida boʻlib oʻtgan “Bastau” xalqaro kinofestivalida ham qatnashgan.

Asosiy mavzular