04:36 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
688 0 0

Nikulin, Vitsin, Morgunov uchligini kinoga olib kelgan Leonid Gayday - latifalarni yoqtirmaydigan, kulgili sahnalar paytida kulmaydigan, eng maʼyus rejissyor edi.

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. U latifalarni yoqtirmasdi, kulgili sahnalar paytida kulmas edi - bu komediya filmlarini suratga olgan rejissyorlarning eng maʼyusi edi, deb yozadi Sputnik kolumnisti Olga Bugrova

Leonid Gayday 1923 yil 30 yanvarda Rossiyaning Amur viloyatida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urushdan soʻng Irkutskdagi teatr-studiyada, 1949-1955 yillarda Moskvada VGIKda oʻqigan, 1955 yildan boshlab "Mosfilm"da ishlay boshlagan. 

Gayday deyarli barcha hazillarni oʻzi oʻylab topgan va oʻziga nisbatan juda qattiqqoʻl edi. Tasvirga olish guruhi qotib kulib tursa ham va u: "Kechirasiz, lekin bu kulgili emas" - deb yuborishi mumkin edi.

Uning yumori oʻziga xos edi. Bir safar, VGIK talabasi sifatida, u maʼruzalardan soʻng doʻsti bilan ketayotgan edi va yosh oʻqituvchi ayol ularning orqasidan ergashdi - qishning qorongʻi oqshomi edi, u yolgʻiz qolishga qoʻrqardi. Toʻsatdan Gayday unga oʻgirilib, qoʻpollik bilan talab qildi: “Ey, poʻstiningni yech! Gapimni tushunmadingmi yoki senga yordam berib yuboraymi? Shunda uni institutdan haydashdi. U tiklanishga muvaffaq boʻldi, ammo kelajakda u "hazillarini" toʻgʻrilab oldi.

Gaydayning yigirmaga yaqin filmi bor. Eng yaxshilari 60-yillarda paydo boʻldi: "Ы operatsiyasi", "Kavkaz asirasi" va "Briliant qoʻl". 15 oylik ijara davrida komedik "trilogiyani" 222,8 million tomoshabin, SSSRning deyarli butun 250 million aholisi tomosha qilgan.

"Barbos va noodatiy kross" va "Samogonchilar" qisqa metrajli filmlari ham juda muvaffaqiyatli chiqdi. Gayday "Barbos"ni suratga olishni boshlaganida, hech kim kulgili joyini tushunmadi: uchta ahmoq oʻzlari tashlab ketgan dinamitni tishlagan itning orqasidan yugurishmoqda. Filmda kashf qilingan uchlik komidiyaning kuziri boʻlib chiqdi: Qoʻrqoq, Tajribali va Tentak (Balbes). Aktyorlar Vitsin, Morgunov va Nikulin Gaydayning boshqa filmlarida ham - talisman sifatida paydo boʻlgan.

Artist Yuriy Nikulin
© Sputnik / Yuriy Abramochkin

Talisman hayvonlar boʻlgan. Boshlanishida ikkita it: Brex va Reks. Brex ("Barbos") koʻplab dubllarni talab qildi - yuguryatib u oyogʻini toʻngakka koʻtarish uchun "dinamit"ni tashlab yuborardi. Bir marta "Samogonщiklar"dagi Reks bir safar shunchali tezlashdi-ki, u bir necha kun oʻrmon boʻylab yugurib yurdi. Shundan keyin, u hech narsa boʻlmagandek qaytib keldi va oʻynashni davom ettirdi.

"Kavkaz asirasi"da birdaniga uchta eshak suratga olindi. Birinchi kadorlarda eshakni yurishi yoki turishi uchun rejissyor yordamchilari hayvonni turli xil yuklar bilan ishga tushirishdi. Birinchisida u ogʻir edi, eshak esa qaysarlik qilib holda turib oldi. Boshqasida esa – aksincha, eshak majburlashsiz yurdi. Uchinchisi har ehtimolga qarshi edi - uning yuklari har qanday boʻlishi mumkin edi.

Eng koʻproq Leonid Gayday mushuklarga omadliroq deb ishonar edi. U qora mushuklarning sirli kuchga ega ekanligiga ishongan va ularni eng sirli epizodlarga qoʻygan. Qora mushuk "Briliant qoʻl"dagi Gesha Kozodoyevni tushida kirgan, "Ivan Vasilyevich ..." filmidagi mushuk vaqt aro oʻtib Monomax shlyapasiga aylangan. Gayday 9 mushuk aktyorlari boʻlgan.

Asosiy mavzular