09:55 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Madaniyat
Havola olish
399 0 0

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ilhom” teatri oʻz joyida qolishiga kelishib olinganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ilhom” teatri oʻz joyda qolishiga kelishib olinganini maʼlum qildi. Vazir bu haqda Instagram sahifasida post yozgan.

“10 fevral kuni ushbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashdim. Uchrashuvda nafaqat Oʻzbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham oʻz dovrugʻi va muxlisiga ega boʻlgan "Ilhom" teatri oʻz joyida qolishiga kelishib olindi.

Madaniyat va sanʼat Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi”, - deb yozgan.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri “Ilhom” teatri direktori oʻrinbosari Irina Bxarat bilan suhbatlashib, teatrning yopilishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh soʻradi.

Repetitsiya v teatre Ilxom
Foto prislano ochevidtsem
Repetitsiya v teatre "Ilxom"

Irina Bxarat tarqalgan xabarlarning asosli ekanligini tasdiqlagan holda, teatr jamoasining bundan kelajagi va bundan keyingi faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi yuzasidan savolga javob berdi:

“Hozircha, bu masala qanday hal qilinishini bilmaymiz. Ammo teatr yopilayotgani yoʻq va bizni shu yerda qoldirishadi deya umid qilamiz” – deydi u.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 7 fevral kuni “Ilhom” teatri yopilishi mumkinligi haqida xabar tarqalib, teatr jamoasi "OFELOS PLAZA" MJChdan binoni boʻshatish toʻgʻrisida xat olgan edi. 12 fevral kuni teatr binosida ushbu masala yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular