05:05 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Madaniyat
Havola olish
20910

Hozirgi vaqtda ushbu hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Oʻzbekiston ham ular qatoriga qoʻshildi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. 2020 yil 15 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi uchun YUNESKOning Madaniy ifodalarning turli xil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi konventsiyasi kuchga kirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirli matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Konventsiya 2005 yil 20 oktyabrda Parij shahrida imzolangan va 2007 yil 18 martda kuchga kirgan. Oʻzbekiston Konventsiyani 2019 yil 14 oktyabrda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi vaqtda hujjat 148 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Konventsiyaning asosiy maqsadi – madaniy oʻzini ifodalashning turli xil shakllarini himoya qilish va ragʻbatlantirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻli bilan turli madaniyatlarning oʻzaro erkin aloqa qilishi va rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Hozirgi vaqtda mamlakatda konventsiyaning asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish uchun tegishli chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Maqom sanʼati xalqaro forumi, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkazilishi bunga yaqqol misol boʻladi.

Asosiy mavzular