18:08 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
224 0 0

Belarusda “Oʻzbekkino” Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlab “Ilhaq” deb nomlangan film suratga olmoqda. Filmni yaratish gʻoyasini Shavkat Mirziyoyev bildirgan edi.

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Belarusda “Oʻzbekkino” kinostudiyasi ijodkorlari tomonidan yangi “Ilhaq” nomli film suratga olinmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Film real voqealarga asoslangan boʻlib, 12 fevralda suratga olish ishlarining Oʻzbekistondagi qismi yakunlanib, hozirda suratga olish jarayoni Belarusda davom ettirilmoqda. Rejissyor Jahongir Ahmedov boshchiligidagi suratga olish jamoasi “Belarusfilm” kinostudiyasi ijodkorlari bilan birgalikda Minskdagi zavodlardan birida jang sahnalarini suratga olmoqda. Bu yerda 1943-yillar muhiti yaratilgan.

Uzbekkino snimayet v Belarusi film k 75-letiyu Pobedы
Ministerstvo oboronы Uzbekistana
"Uzbekkino" snimayet v Belarusi film k 75-letiyu Pobedы

Filmga Toshkent viloyatining Xonobod qishlogʻida yashagan Zulfiya aya Zokirova va uning kenja oʻgʻli Yusuf Xolmatovning taqdiri asos qilib olingan. 5 oʻgʻil va bir qiz farzandni bir oʻzi voyaga yetkazgan bu ayol Ikkinchi jahon urushi vaqtida barcha oʻgʻillari – Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjonni yoʻqotgan. Ularning barchasiga frontdan “qora xat” kelgan. Bunday mashʼum xatlardan oxirgisi Zulfiya ayaga 1945 yil fevralida kelgan. Ona kelinlari bilan butun umri davomida farzandlari xotirasiga motam tutgan.

Ushbu film urush, ona mehri, vatan, muhabbat va jasorat haqidadir.

Taʼkidlash joizki, filmni yaratish gʻoyasini Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bildirgan edi.

Film premyerasi may oyiga belgilangan. Shuningdek, Toshkentdagi Gʻalaba bogʻida urush vaqtidagi ayollarning jasorati va matonati ramzi sifatida film qahramoni Zulfiya Zokirovaga haykal oʻrnatilishi ham rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular