14:10 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Madaniyat
Havola olish
448 0 0

Rossiyalik sanʼatshunos, zamonaviy va qadimiy rus sanʼati va arxitekturasi mutaxassisi, Andrey Rublev muzeyi direktori Mixail Mindlin yoʻqolgan madaniy boyliklarni qaytarish mexanizmlari haqida gapirdi.

Oʻzbekiston 10 yil oldin mamlakatdan olib chiqib ketilgan Aleksandr Volkovning asarini (Kukuruza shumit) restitutsiya jarayonini boshlashga tayyor. 2016 yil Fargʻona viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyida saqlanayotgan asarlarning tanlanma inventarizatsiyasi oʻtkazildi. Tekshiruv davomida ishchi guruh aʼzolarida Oʻzbekiston rassomi Aleksandr Volkovning mashhur asari shubha uygʻotdi.

Ushbu holat yuzasidan respublikaning vakolatli organlar tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi, tergov harakatlari hozirgacha davom etmoqda.

Madaniyat vazirligi xalqaro institutlarni jalb qilgan holda asarning restitutsiyasini jarayonini amalga oshirish borasida ish olib bormoqda. Tegishli muassasalarga xat yuborilgan.

Rossiyalik sanʼatshunosning fikriga koʻra, dunyoda madaniy boyliklarni qaytarish jarayoni murakkab boʻlsa-da, maʼlum mexanizmlar ishlab chiqilgan. Asosiysi - asarni soxtalashtirish va oʻgʻirlash faktini rasmiy tasdiqlash zarur.

“Madaniy boyliklar egasiga qaytarilishi kerak, asosiysi ular noqonuniy ravishda olib chiqilganligini isbotlash zarur. Volkovning asari holatida sanʼatshunoslik ekspertiza natijalari, shuningdek, asarning asl nusxasining olib chiqilishini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinadi. Turli mamlakatlarda madaniy boyliklarning oʻziga xos mezonlari mavjud, ularning asosida olib chiqiladi. Baʼzi eksponatlar uchun, masalan 50 dan 100 yilgacha boʻlganlar uchun Rossiyada maxsus ruxsatnoma talab qilinadi, agar asar 100 yildan katta boʻlsa, uni olib chiqish mutlaqo taqiqlanadi”, - deb tushuntirdi Mindlin.

Mutaxassis agar asar yoʻqolgani haqida rasmiy ravishda maʼlum qilinsa, asar haqida maʼlumot xalqaro huquq tartibot organlariga beriladi deb taʼkidladi.

Ekspertning batafsil izohini rus tilida quyidagi podkast orqali tinglashingiz mumkin.

Iskusstvoved nazval usloviya dlya vozvraщeniya kartinы Volkova v Uzbekistan

Asosiy mavzular