17:08 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
45111

Film 2 fasl, 26 qismdan iborat boʻlib, birinchi faslning tasvirga olish ishlari tez kunda boshlanish arafasida.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Turkiyada Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olinmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur film xarajatlari uchun 7 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilgan boʻlib, film kartinasi turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olinadi.

2 fasl, 26 qismdan iborat boʻlgan filmning birinchi faslini tasvirga olish ishlari tez kunda boshlanadi.   

Ayni damda Xorazmshohlar davriga oid tarixiy koʻrinishdagi dekoratsiya barpo etila boshlaganiga qaramay, bosh rolni ijro etuvchi aktyor hanuzgacha tanlanmagan.

Jaloliddin Manguberdi obrazini talqin etish uchun turk aktyorlaridan biri tanlanishi mumkin.

Jaloliddin Manguberdi 1199 yilda Xorazmda tavallud topgan boʻlib, 1169 — 1220 yillarda yashagan. U 1200 — 1220 yillarda Xorazmshohlar davlatini boshqargan hukmdor Alouddin Muxammad II ning oʻgʻli.  1220 yilda otasi vafot etgach, 1221 yil fevralda Xorazmshohlar davlati taxtiga oʻtirgan va 10 yil davomida ushbu davlatni boshqargan soʻnggi hukmdor hisoblanadi.

U moʻgʻul istilochilariga qarshi kurashlarda mislsiz jasorat koʻrsatab, 1231 yilda qaroqchilar tomonidan 31 yoshida oʻldirilgan.

Asosiy mavzular