17:16 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)
60610

Karantin tufayli, teatr, kino hamda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan qator kontsertlar bekor qilindi. Biroq, madaniy hordiqdan bebahra qolgan aholi uchun Madaniyat vazirligi tomonidan bir qancha imkoniyatlar yaratildi. 

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Koronavirus epidemiyasi sabab, aholidan uyda qolib virusga qarshi kurashish talab etildi. Madaniyat vazirligi aholining uyda madaniy hordiq chiqarishi uchun turli imkoniyatlar yaratmoqda, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Xususan, har bir fuqaroning oʻz vaqtini mazmunli va foydali oʻtkazishi uchun telekanallar orqali dars mashgʻulotlari, qiziqarli va ommabop filmlar namoyishi, foydali maslahatlar va tavsiyaviy koʻrinishdagi telekoʻrsatuvlar tashkil etilgan, sanʼatkorlar va aktyorlar ishtirokida qiziqarli videoroliklar, koʻrsatuvlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda.

Karantin tufayli yangi spektakllar namoyishi afsuski vaqtinchalik toʻxtatilgan, ammo ilgari sahanalashtirilgan spektakllar oynai jahon orqali namoyish etib boriladi.  

Bundan tashqari  Madaniyat vazirligi tomonidan 24 mart kuni “Uydagi yulduzlar” tanlovi eʼlon qilingan. Tanlov maqsadi uyda qolib ijod qiladigan ishtirokchilarni ragʻbatlantirishdan iborat boʻlib, eng yaxshi ijod namunalari 5 ta yoʻnalish boʻyicha saralanadi.

“Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi”, “Eng yaxshi xonanda” (maqom, baxshi, estrada va opera yoʻnalishlari boʻyicha), “Eng yaxshi raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi rassom”, “Eng yaxshi xunarmand” kabi yoʻnalishlar shular jumlasidandir. Gʻoliblar esa joriy yilning 30 aprel kuni taqdirlanadi.

Davlat muzeylari tomonidan esa aholiga mobil ilovalar orqali masofaviy xizmat koʻrsatish sharoiti yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 3d.museums.uz elektoron manzili orqali 13 ta muzeylarning 3D koʻrinishlari  joriy etilgan. Bunda har bir fuqaro oʻz uyali aloqa apparati orqali muzeylarga sayohat qilish, unda saylanayotgan eksponantlarni masofaviy tomosha qilish imkoniga ega.

Muzey prikladnogo iskusstva

goskatalog.uz sayti orqali esa respublikadagi barcha muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan. Bunda tomoshabinlar bevosita smartfon orqali har bir eksponatning tarixiyligi va oʻzini koʻra oladi.

Muzey prikladnogo iskusstva - 3d ekskursiya
Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1283)

Asosiy mavzular