04:16 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
522 0 0

Robinzon Kruzo kimsasiz orolda yakka oʻzi qanday qilib 28 yil yashay oldi ? Barcha qiyinchiliklarni yengib oʻtishda unga nimalar yordam berdi?

Bugungi karantin va oʻz oʻzini izolyatsiya qilish sharoiti “kimsasiz oroldek” mushkul boʻlmasa-da barchadan yangi oʻzgargan sharoitlarga koʻnikishni talab qiladi. Kimdir uy sharoitida ishlashiga, hamkasabalari va doʻstlari bilan muloqotni cheklashiga toʻgʻri keladi.

Yolgʻizlik va izolyatsiya sharoitida inson nimalarga eʼtibor berishi karak? Qanday qilib ushbu davrni samarali va sermazmun oʻtkazish mumkin? Robinzon Kruzoga yolgʻizlikni yengib oʻtishga yordam bergan omillar bilan tanishamiz.

Oʻz-oʻzini tartibga solish

Kimsasiz orolda jon saqlash, yegulik topish, oʻzini kerakli buyumlar bilan taʼminlash va ona tilini esidan chiqarib yubormaslik  uchun – Robinzon Kruzo birinchi navbatda oʻz-oʻzini tartibga solish (distsiplina)ga katta eʼtibor beradi. Buning uchun u kun tartibi  tuzib oladi va ushbu tartibga doimo amal qiladi. Uning odatiy kun tartibi quyidagilardan iborat edi: ibodat qilish (kitob oʻqish), ovga chiqish, oʻljalarga ishlov berish va ovqat pirish. Shuningdek Robinzon kundalik taqvim tuzib u yerda oʻtkazgan har bir kunini hisoblab, rejalarini yozib boradi.

© Commons.wikimedia /
Illyustratsiya k romanu "Robinzon Kruzo" Danielya Defo

Mehnat - baxt keltiradi

Oʻz xavfsizligini taʼminlash va kerakli oziq-ovqatlarni topish, buyumlarni yaratish uchun Robinzon tinimsiz mehnat qiladi. Birinchi navbatda u oʻzi uchun qalʼa-uy qurib oladi. Kerakli mebel yasash  va hatto kiyim tikishni ham oʻrganib oladi. Shuningdek bir necha dona bugʻdoydan ulkan bugʻdoyzor, mahalliy jonivorlardan oʻz fermasini yaratadi.

Ushbu ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida Robinzon barcha qiyinchiliklarni va yolgʻizlikni unutadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi esa unga ulkan quvonch va baxt olib keladi.

© Commons.wikimedia /
Illyustratsiya k romanu "Robinzon Kruzo" Danielya Defo

Ulkan qayiq yasash va uni suvga tushirish uchun Robinzon 1 yil vaqt sarflaydi, lekin baribir qayiqni joyidan qimirlata olmaydi. Barcha mehnati zoye ketadi. Shunday boʻlsada Robinzon qilgan ishidan pushaymon boʻlmaydi. Chunki u ushbu qayiqni u katta ishtiyoq va orzular bilan yasagan edi. Ushbu ish bilan ovvora boʻlib oʻtgan vaqt Robinzon uchun haqiqiy baxtli davr edi.

Muloqot yetishmovchiligi

Kimsasiz orolda muloqot yetishmovchiligi Robinzon uchun eng katta muammo boʻladi. Uni hal qilish, gapirishni esidan chiqarib yubormaslik uchun u dastlab toʻtiqushni gapirishga oʻrgatadi, keyin yangi orttirgan doʻsti Jumavoyga dastlab ingliz tilini, keyin esa turli madaniyat qoidalarini oʻrgatadi.

© Commons.wikimedia /
Illyustratsiya k romanu "Robinzon Kruzo" Danielya Defo

Bugungi kunda ushbu tajribadan chet tillarini oʻrganish uchun muvaffaqiyatli foydalansa boʻladi. Yovvoyi qabila vakili boʻlgan Jumavoy qisqa vaqt ichida ingliz tilini oʻrganib olgan ekan – bizning zamondoshlar uchun ham ushbu vazifa amalga oshirsa boʻladigan ish. Internet va boshqa texnik vositalar ushbu jarayonni yanada qiziqarliroq va samaraliroq qilishi mumkin.

Kelajakka ishonch va aniq maqsad

Ushbu asarni tahlil qilgan koʻpchillik adabiyotchilar fikriga koʻra, Robinzon Kruzo kimsasiz orolda tirik qolishi uchun eng katta yordam bergan narsa bu – Robinzonning kelajakka umidi boʻlgan, deb hisoblaydi.

© Commons.wikimedia /
Illyustratsiya k romanu "Robinzon Kruzo" Danielya Defo

Ushbu soʻnmas umid - kimsasiz orolda oʻtgan 28 yilning har bir kunida Robinzon uchun ushbu oroldan ketishni bir kunga yaqinlashtirgan, qiyinchiliklarni yengib oʻtishga kuch bagʻishlagan. Barcha qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan Robinzon umidini yoʻqotmagan.

Shuningdek Robinzon Angliyaga qaytganidan keyin nima ishlar qilish rejasini ham tuzib qoʻyadi. Ushbu maqsadda u halokatga uchragan kemadan topilgan pullarini ham saqlab qoʻygan.

Robinzon Kruzo haqida qiziqarli faktlar

Koʻpchillik Daniyel Defoning 300 yil oldin yozilgan ushbu asarini bolalar adabiyoti deb tushunsa kerak, lekin aslida kitob kattalar uchun sodda tilda yozilgan asar hisoblanadi. Rus tiliga tarjima qilishda (Sovet davrida) Korney Chukovskiy kitob ichidan din bilan bogʻliq joylarini olib tashlagan.

Robinzon Kruzoning haqiqiy prototipi boʻlgan shotlandiyalik Aleksandr Selkirk ismli dengizchi Tinch okeanidagi Mas-a-Tyerra orolida 4 yil yolgʻiz yashagan. Chilidan 640 km masofada joylashgan ushbu orol hozir Robinzon Kruzo oroli deyiladi.

Robinzon Kruzo qanday ishlarni amalga oshirgan, nimalarga erishgan boʻlsa-ki – bir funt ham pul xarajat qilmagan. Bu baʼzan jamiyatdan uzoqda yashashning yana bir ijobiy tomoni boʻlishi mumkin.

© Commons.wikimedia / Scan courtesy of The British Library
"Jizn i strannыe priklyucheniya Robinzona Kruzo"

Asosiy mavzular