“Uydagi yulduzlar” - karantinda onlayn tanlov boshlandi

© MinkulturiRabota uchastnika konkursa "Domashnie zvezdi"
Rabota uchastnika konkursa Domashnie zvezdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirligi xonanda, cholg‘u asbobi va raqs ijrochisi, eng yaxshi rassom va hunarmandlarni aniqlash bo‘yicha onlayn tanlov e’lon qildi.

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Karantin sababli uyda qolishga majbur bo‘layotgan O‘zbekiston aholisining  bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida ular uchun  Madaniyat vazirligi tomonidan “Uydagi yulduzlar” tanlovi e’lon qilingan.

© MinkulturiRabota uchastnika konkursa "Domashnie zvezdi"
“Uydagi yulduzlar” - karantinda onlayn tanlov boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Rabota uchastnika konkursa "Domashnie zvezdi"

Ushbu qiziqarli tanlov maqsadi uyda qolib ijod qiladigan ishtirokchilarni rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib, eng yaxshi ijod namunalari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.

Xususan, “Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi”, “Eng yaxshi xonanda” (maqom, baxshi, estrada va opera yo‘nalishlari bo‘yicha), “Eng yaxshi raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi rassom”, “Eng yaxshi xunarmand” kabi yo‘nalishlar shular jumlasidandir.

Tanlov 25-martdan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblar 30-aprel kuni taqdirlanadi. Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olibga 2 million so‘mdan mukofot puli beriladi.

© MinkulturiRabota uchastnika konkursa "Domashnie zvezdi"
“Uydagi yulduzlar” - karantinda onlayn tanlov boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Rabota uchastnika konkursa "Domashnie zvezdi"

Tanlov ishtirokchilari yuqoridagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘zlari tomonidan ijro etilgan ijod namunalarini telegram kanalidagi @mvforbot orqali yuborishlari mumkin.

Bugungacha “Uydagi yulduzlar” tanloviga minglab iste’dodlilar tomonidan jonli tarzda ijro qilingan bir biridan sara qo‘shiq va raqslar, milliy va zamonaviy hunarmandchilik namunalari, cholg‘u asboblarida chalingan kuylar aks etgan videoroliklar yuborilmoqda. Ulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etishni ma’qul topdik.

© MinkulturiMinisterstvo kulturi obyavil onlayn konkurs
“Uydagi yulduzlar” - karantinda onlayn tanlov boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Ministerstvo kulturi obyavil onlayn konkurs
Yangiliklar lentasi
0