06:53 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
23410

Oʻzbekiston prezidentining "Lazgi" xalqaro raqs festivalini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. "Lazgi" xalqaro raqs festivalini oʻtkazish toʻgʻrisidagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasiga koʻra, "Lazgi" xalqaro raqs festivalini 2022 yildan eʼtiboran anʼanaviy tarzda har ikki yilda bir marta sentyabr oyining ikkinchi yarmida oʻtkazish rejalashtirilgan.

Festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, statuetka va pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi koʻzda tutilgan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Oʻzbekiston prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov zimmasiga yuklatilgan.

Asosiy mavzular