02:28 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Madaniyat
Havola olish
86010

Ilgariroq OAVlarda Samarqand shahridagi Registon maydonini eski shahar qismidan ajratib turuvchi devor buziladi, degan mish-mishlar tarqalgan edi. Madaniyat vazirligi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan izohida ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritdi

TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva OAVlarda paydo boʻlgan Registon maydonining orqa qismida 2006 yilda qurilgan devorning buzilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ushbu devor tarixiy maydonni eski shahar qismidan ajratish uchun qurilgan boʻlgan.

Madaniyat vazirligi vakili soʻzlariga koʻra, Samarqand shahar hokimligidan devorning buzilishi yoki rekonstruktsiyasi haqida idoraga shu paytga qadar hech qanday talabnoma kelib tushmagan.

Qolaversa, shaharning tarixiy qismi, tarixiy yodgorliklar mavjud hududlardan 300 metrgacha boʻlgan masofa "bufer hudud" hisoblanib, Madaniyat vazirligi himoyasida boʻladi va Oʻzbekiston madaniy merosining bir qismi hisoblanadi.

Shu bois, bu kabi qarorlar faqatgina Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Stena, otdelyayuщaya ploщad Registan ot staroy chasti goroda
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Stena, otdelyayuщaya ploщad Registan ot staroy chasti goroda

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yakshanba kuni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov ayni damda qoʻmita va uning huzuridagi Milliy PR markazi Oʻzbekistonda turizm boʻyicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi online-tourism.uz saytini yoʻlga qoʻyish ustida ishlayotganini maʼlum qilgan edi.

Abduhakimovga koʻra, bu Oʻzbekiston boʻylab virtual sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma boʻladi.

Asosiy mavzular