02:19 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Madaniyat
Havola olish
57200

Lolaning soʻzlariga koʻra, otasi juda yaxshi, iqtidorli va oʻta baland didli inson boʻlgan. Ularning soʻnggi soʻzlashuvi nima haqda kechganini - materialimizda oʻqing.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Oʻzbekistonlik xonanda Lola Yoʻldosheva otasi bilan boʻlgan soʻnggi muloqotni yodga oldi. Bu haqda xonanda Instagramda post qoldirgan.

Sanʼatkorning Instagramdagi kuzatuvchilaridan biri unga otasi haqida soʻzlab berishni soʻragan.

"Dadam sochlarining uchiga qadar intelligent inson edilar. U kishi juda aqlli edi. Juda saxiy va noyob iqtidor egasi. Oʻta bosiq, hamisha yoqimli mayin ovozda gapirardilar. Meni nazarimda, dunyoda u kishi javobini bilmaydigan va dono maslahat bera oladigan savolning oʻzi yoʻq edi. Men shaxsiy hayotimda ham, ijodim masalasida ham u kishiga maslahat olgani murojaat qilar edim. Dadam men suyanadigan togʻ edilar. U kishi oʻzlarini yaxshi koʻrardilar, hamisha eʼtibor qaratardilar, hamisha yaxshi kiyinib yurardilar, didlari juda nozik va baland edi... Dadam koʻz yoradigan mahalimda albatta yonimda boʻlishga vaʼda bergandilar va men u kishining kelishlarini intiqlik bilan kutayotgan edim... Dadam bilan oxirgi u kishining vafotlaridan bir kun oldin gaplashganman... Hech birimiz oʻshanda bu soʻnggi suhbatimiz ekanligini hatto xayolimizga keltirmaganmiz", - deb hikoya qilgan Lola.

Eslatib oʻtamiz, Lola Yoʻloshevaning otasi Ravshan Yoʻldoshev 2020 yil 30 mart kuni vafot etgan edi. 

Yoʻldoshev afsonaviy Tarona Records studiyasi asoschisi, shuningdek, xonanda Zilola Musayeva (Shaxzoda)ning sobiq turmush oʻrtogʻi. 

Asosiy mavzular