17:39 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Madaniyat
Havola olish
134 0 0

Madaniyat vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilarning jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • kontsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash, litsenziatlarning davlat reyestrini yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish Kontsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portali orqali amalga oshiriladi;
  • kontsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yigʻim bekor qilinadi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining tashabbuslari bilan oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va kontsert-tomosha tadbirlari har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va kontsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida oʻtkaziladi;
  • Prezident, Hukumat va hokimning davlat tadbirlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi qarorlarida ushbu tadbirlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar buyurtmachilari va moliyalashtirish manbalari koʻrsatiladi;
  • davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar xizmat koʻrsatganda yozma va haq evaziga shartnoma tuziladi (kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuziladigan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno).

Tadbirlarga ijodkorlarni jamoatchilik asosida jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi

Farmonga muvofiq, Madaniyat vazirligi va boshqa davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilarning jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

2020 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi kontsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʻliq jonli ijro asosida oʻtkazilgan kontsert dasturlari uchun ijara toʻlovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan chop etiladi va ular taʼlim muassasalariga toʻliq yetkaziladi.

Asosiy mavzular