Yulduz Usmonova O‘zbekistonda taqiqqa tushdimi - Madaniyat vazirligi javobi

© SputnikYubileyniy konsert Yulduz Usmanovoy v Moskve
Yubileyniy konsert Yulduz Usmanovoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda internet tarmog‘ida xonandaning litsenziyasi bekor qilingani va kliplarini televidenie orqali namoyish etish taqiqlangani haqida mish-mishlar muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Madaniyat vazirligi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning litsenziyasi olib qo‘yilganligi haqidagi xabarlarning barchasi asossiz ekanligini ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi axborot xizmati ushbu xabarlar asossiz ekanligini ta’kidlaydi. Yu.Usmonova o‘z faoliyatini davom ettirmoqda va uning ijodiy faoliyatida hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Avvalroq internet va ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning litsenziyasi bekor qilinganligi, hamda xonanda ijrosidagi qo‘shiqlar telekanalar efirlaridan olib tashlanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0