13:04 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
496 0 0

Bugun Amerika irqchilik tufayli ulkan muammolarga duch kelmoqda, balkim bunga ularga bolalikdan singdirilgan gʻoyalar sabab boʻlayotgandir?

TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Germaniya va boshqa davlatda yashovchi tomoshabinlar Gollivudning “Disney” va boshqa studiyalarining mashhur multfilmlarini tomosha qilmoqchi boʻlishganda, ular “madaniy eskirgan tasavvurlar boʻlishi mumkin” degan ogohlantirishga duch kelishdi, deb yozadi Birinchi kanal.

Yumshoqqina qilib aytilgan “madaniy eskirgan tasavvurlar”  iborasi ostida irqchilik va fashizm gʻoyalari nazarda tutilgan. Gap Mikki Maus,  Tom va Jerri, Filcha Dambo, Jungli kitobi, Fantaziya va boshqa xammaga tanish lentalari haqida ketmoqda.    

Axir bular bolalikda sevib tomosha qilgan multfilmlarimiz-ku, u yerda qanday irqchilik boʻlishi mumkin - deyishingiz mumkin. Bugun koʻplab OAVlar ushbu haqida mana bunday yozmoqda

Disney studiyasida suratga olingan “Fantaziya” nomli mana bu multfilm kadriga bir nazar tashlang. Uning yaratuvchilari nimaga shama qilayotganini ortiqcha soʻzsiz ham anglash mumkin. Aynan shu sababli hozir ushbu multfilmning qayta ishlangan versiyasi koʻrsatilmoqda. Unda Saunflauer nomli qora toychoq obrazi olib tashlangan.

Uolt Disney studiyasining "Fantaziya" multfilmidan sahna

Filcha Dambo multfilmida esa uchishni orzu qilgan sodda ochiqkoʻngil filchaga bir toʻda qora qargʻalar turli yomonliklar qiladi. Qargʻalar nafaqat qora rangli, balkim juda xunuk kiyimlar kiygan va eng asosiysi amerikada “djayv” deb nom olgan – odatda qora tanlilar gapiradigan slengda gaplashadi. Bundan film yaratuvchilari qaysi irq vakillariga shama qilayotganini xatosiz anglash mumkin.

Uolt Disney studiyasining "Filcha Dambo" multfilmidan sahna

Barchamiz bolalikda sevib tomosha qilgan 1967 yilda suratga olingan “Jungli kitobi” (Maugli) multfilmiga nazar solaylik. Multfilmning salbiy qahramonlari bu – maymunlar va ularning qiroli. Maymunlar qiroli multfilmdagi eng yoqimsiz obraz: u xunuk kiynadi, juda dangasa va axmoq. Multfilmda Hindiston aks etgan va barcha qahramonlar chiroyli ingliz aktsenti bilan gapiradi, faqat Lui ismli maymunlar qiroli amerikalik qora tanlilar sleng tili – djayvda gapiradi. Eng qizigʻi – ushbu obraz Redʼyard Kiplingning “Maugli” kitobida umuman yoʻq. Uni multfilm yaratuvchilari ataylab qoʻshgan. Maqsad?

Uolt Disney studiyasining "Jungli kitobi" multfilmidan sahna

Umuman Disney multfilmlarida va Gollivud filmlarida nafaqat qora tanlilar kamsitilgan. Undan tashqari osiyo irqiga mansub kishilarni ham ustidan kulish va kamsitib koʻrsatish holatlari koʻp uchraydi.   

Ushbu nomaqbul kamsitish va kinoyalarni payqash va tanqid qilish uchun insoniyatga 30, 40 va hatto 70 yil vaqt kerak boʻldi. Vanihoyat Disney studiyasi ushbu filmlar uchun “uyat” his qila boshladi va keyinchalik yaqqol rasizm aks etgan sahnalarni kesib tashlashga yoki ushbu multfilmlarni toʻliq prokatdan chiqarishga majbur boʻldi.

Irqchilik muammolari amerikani titratayotgan bugungi, kunda esa hech boʻlmasa sudda oʻzini oqlashga asos boʻlishi uchun kontentda “madaniy eskirgan tasavvurlar boʻlishi mumkin” degan ibora bilan tomoshabinni ogohlantirmoqda.

Asosiy mavzular