Ayub Shahobiddinovning filmi ikki xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVo vremya syemok filma
Vo vremya syemok filma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayub Shahobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” dramasi Qozon va Yerevan shaharlaridagi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi.

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Ayub Shahobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” dramasi “XVI Qozon musulmon kinofilmlari xalqaro festivali” va Yerevanning "Fresco" ma’naviy-axloqiy filmlar xalqaro kinofestivalining asosiy tanlov dasturlariga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ayub Shahobiddinov. 2013-yilda “Parizod” filmi bilan Qozon musulmon kinofilmlari xalqaro festivalining asosiy tanlovida ishtirok etgani va kinofestival undada yaxshi taassurotlarni qoldirganini ta’kidlagan.

“Fresco” kinofestivali esa men uchun yangi tajriba. Pandemiya tufayli ko‘plab kinofestivallar bekor qilindi, ammo Yerevan kinofestivali to‘liq tashkil etilayotgan bo‘lib, tomoshabinlar yozgi kinoteatrlar ekranlarida filmlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, – dedi rejissor.

“Rangsiz tushlar” filmida inson o‘z “men”ini har qanday sharoitda: qamoqxona devorlarida, jamiyatda yoki oilada o‘zgartirishining bir necha muhim jihatlari ilgari surilgan.

© Press-slujba "Uzbekkino"Film "Bessvetnie sni" Ayuba Shaxobiddinova
Ayub Shahobiddinovning filmi ikki xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi - Sputnik O‘zbekiston
Film "Bessvetnie sni" Ayuba Shaxobiddinova

Ko‘p yillik qamoqdan so‘ng o‘z qadrdon go‘shasiga qaytgan film bosh qahramoni Kashmira asta-sekin oilasida, jamiyatda o‘z o‘rnini topish huquqiga ega ekanligini isbotlashi kerak edi. Bunda u faqat qat’iyat va iroda tufayli kuchli shaxsga aylanishi mumkinligi anglab yetadi. Filmda jamiyatda jazo muddatini o‘tab kelgan shaxslarga nisbatan noo‘rin munosabatning shakllanishi, “odamlar nima deydi” kabi qarashlar ortidan paydo bo‘ladigan ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan.

Filmda bosh qahramon rolini Feruza Saidova ijro etgan. Shuningdek, kinoasarda Karim Mirhodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Anvar Nazarovlar suratga tushgan. Ssenariy muallifi  Umid Hamdamov

Qozon musulmon kinofilmlari xalqaro festivali Tatariston poytaxtida 2005-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Festivalning ta’sischilari – Tatariston Madaniyat vazirligi, Qozon shahri ma’muriyati, Rossiya Muftiylar kengashidir.

“Fresco” bu Yerevanda har yili o‘tkaziladigan kinofestivaldir. Uning asosiy maqsadi madaniy muloqot orqali insonparvarlik qadriyatlari, muhabbat va bag‘rikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0