02:06 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
459 0 0

Xonandaning muxlislari ushbu ajoyib xushxabardan soʻng tabriklarni yogʻdira boshlaganlar. Aksariyati jajjigina qizaloqqa baxt va sogʻlik tilashmoqda

TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Xonanda Lola Yoʻldosheva uchinchi bor ona boʻldi. Xonanda qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Lola Yoʻldosheva oʻzining instagramida maʼlum qilgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Yuldasheva (@lolaofficial_)

"Qizalogʻim..., bizning dunyomizga xush kelibsan. Bizning bebaho xazinamiz✨ bizning baxtimiz, biz seni juda ham yaxshi koʻramiz. Dadang bilan hamisha yoningda boʻlamiz", - deb yozgan xonanda yangi tugʻilgan chaqaloq oyoqchalari aks etgan suratga qoldirgan izohida.

Xonandaning muxlislari ushbu ajoyib xushxabardan soʻng tabriklarni yogʻdira boshlaganlar.

Aksariyat tilaklarda yangi mehmonga baxt va sogʻlik tilangan.

Ushbu xushxabar hozirgacha 30 mingdan ortiq layk toʻplagan. Ikki mingdan ortiq izohlar qoldirilgan.

Asosiy mavzular