“Ularsiz men qurilishda ishlayotgan bo‘lardim”: MC Doni nima uchun Black Star'ni tark etdi

Obuna bo‘lish
Timati va leyblining boshqa rahbariyati bilan ular do‘st bo‘lib qolishdi. Ijodkorning hayotida yana nima sodir bo‘lganligini quyida o‘qing.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. O‘zbekistonlik MC Doni (Dostonbek Islamov) Black Star brendini tark etdi, bu haqda u TNTga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Lola Yuldasheva beremenna tretim rebenkom - foto - Sputnik O‘zbekiston
Shiringina qizaloq: xonanda Lola Yo‘ldosheva uchinchi bor ona bo‘ldi

“2020 yil boshida leybl bilan mening shartnomam tugadi. Biz yangi yil ta’tillarida ortiqcha shov-shuvlarga sabab bo‘lmaslik uchun mart oyiga yaqinroq e’lon qilishni xohlagan edik. Mart bilan birga karantin ham keldi va biz yana keraksiz ma’lumotlar bilan odamlarni yuklashni xohlamadik-da, buni keyinga qoldirdik. Biz yaxshilik bilan, xushmuomalalik bilan xayrlashdik. Hech kimda hech qanday shikoyat bo‘lmadi”, - dedi ijodkor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus faqat uning o‘zidan kelib chiqdi, chunki unda musiqadan tashqari boshqa ko‘plab biznes loyihalari ham paydo bo‘ldi. Vaqt yetishmasligidan janjallarning oldini olish uchun, musiqachi yakka ishlashga qaror qildi.

Bundan tashqari, Timati va leyblining boshqa rahbariyati bilan ular do‘st bo‘lib qolishdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot DONI (@doni.blackstar)

"Ular menga hamma narsani qaytarib berishdi: taxallusim, ijtimoiy tarmoqlarimni, kliplarimni, qo‘shiqlarni. Men avvalgiday konsertlar tashkil etishim, qo‘shiqlarimni ijro etishim mumkin. Men yillar davomida orttirgan narsalarimning hammasini o‘zimga qoldirishdi. Va biz juda yaxshi munosabatda qoldik”, - deb qo‘shimcha qildi O‘zbekistonlik qo‘shiqchi.

Darvoqe, bir yil oldin Timur Yunusovning leyblini bir nechta yirik artistlar tark etdilar, ular orasida Yegor Krid, Kristina Si, L'One.

“Timati menga ko‘p narsada yordam berdi. Qo‘shiqlar yozishda, tijorat masalalarida. Menimcha ularsiz men hali ham qurilishda ishlayotgan bo‘lardim”, dedi reper.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot DONI (@doni.blackstar)

Shuningdek MC Doni intervyuda o‘z shaxsiy voqealari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lum bo‘lishicha, may oyida u eng yaqin ikki odami - otasi va seviklisini yo‘qotdi.

Yangiliklar lentasi
0