14:08 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
13601

Rossiya telekompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati va bugungi kundagi hayoti, iqtisodiy yutuqlariga bagʻishlangan yangi hujjatli film suratga olinmoqda.

TOSHKENT, 17 iyul - Sputnik. Oʻzbekkino va MIR telekompaniyasi Oʻzbekiston haqida 50 daqiqali film suratga olishga kirishishdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar. 

Ushbu qoʻshma loyihaning maqsadi – har tomonlama rivojlanib kelayotgan Oʻzbekistonning yutuqlarini koʻrsatish, MDH davlatlari bilan integratsiyasni kengaytirish va mustahkamlashdir.

Loyihaga tayyorgarlik koʻrish doirasida MTRK “MIR” teleradiokompaniyasi direktori oʻrinbosari Irina Kuzmina hamda “Oʻzbekkino” MA bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “Hujjatli va xronika filmlar kinostudiyasi” DUP direktori Bahodir Odilovlar ishtirokida bir necha videokonferentsiyalar boʻlib oʻtdi. Muokaralar davomida tomonlar boʻlajak film kontseptsiyasini hamda uning tarkibi haqida oʻz xulosalarini bildirishdi.

Mualliflar xulosasiga koʻra, qadimiy anʼanalar va zamonaviylikni, hayotning madaniy, siyosiy, va iqtisodiy jihatlarini qamrab olgan ushbu film Oʻzbekistonning zamonaviy vizit kartochkasiga aylanishi kerak. Filmda shuningdek Oʻzbekistonning turistik jozibadorligini ham aks ettirish nazarda tutilgan.

Dastlabki  kelishuvlarga koʻra, surʼatga olish Oʻzbekistonning yirik sanoat va hunarmadchilik markazlarida olib boriladi. Shuningdek unda Oʻzbekston tarixiga, Ikkinchi jahon urushi tarixiga va 1966 yildagi Toshkent yer qimirlashi tarixiga bagʻishlangan lavhalar boʻladi.

Stsenariy rejasi tasdiqlanganidan soʻng MIR suratga olish guruhi Oʻzbekistonda ishlay boshlaydi. Film tayyor boʻlganidan soʻng Oʻzbekiston telekanallarida namoyish etiladi. 2020 yilning 16 oktyabrida boʻlib oʻtadigan MDH davlat rahbarlari sammiti oldidan uning qisqartirilgan versiyasi namoyish etiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu filmni suratga olish haqida “Oʻzbekkino” MA va MTRK “Mir” orasida 2020 yilning fevral oyida kelishuvga erishilgan edi.

Asosiy mavzular