02:05 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
528641

Taniqli estrada xonandasi Nargiz Zokirova sobiq eri Ruslan Sharipov xotirasiga bagʻishlab ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post yozib qoldirdi.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Taniqli estrada xonandasi Nargiz Zokirova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida sobiq turmush oʻrtogʻi Ruslan Sharipovning bevaqt vafotidan chuqur qaygʻudaligini bayon etdi. Xonanda fursatdan foydalanib, ushbu qaygʻudan foydalanib qolmoqchi boʻlgan jurnalistlarga murojaat qilgan.

"Qadrdon kuzatuvchilarim! Bugun birinchi erim - Ruslan olamdan oʻtdi. Buni anglash men uchun nihoyatda ogʻriqli. Men qaygʻudaman. Hamdardlik bildirib yozgan izohlarida meni belgilagan insonlarning barchasiga minnatdorlik bildiraman. Qoʻlimni koʻksimga qoʻyib, shuni aytmoqchimanki, ushbu postni ommaga eʼlon qilishni istamas edim, chunki kimningdir oʻlimi - piar uchun sabab emas! Fojia va oʻlimlardan shu yoʻl bilan daromad olishga harakat qiladigan odamlardan esa - nafratlanaman! Shuning uchun, mendan biron sharh yoki izoh kutmasligingizni oʻtinib iltimos qilaman! Bu, shuningdek, Nyu-Yorkda boʻlgan va jurnalistlarning toʻxtovsiz qoʻngʻiroq-hurujlariga duch kelgan onamga ham tegishli. Bu bizning shaxsiy qaygʻuimiz va uni qanday yengishimiz - oilamizning ichki ishidir. Tushunaman, hozirgi kunda taniqli insonlarning aksariyati bundan foydalanib, umrga tatigulik seriya va syujetlari bilan telekanallar boʻylab sayohatni amalga oshirgan boʻlardilar. Men esa undaylar safiga kirmayman. Mening shaxsiy hayotim sotilmaydi va sotib olinmaydi! Albatta, qalbimda asrab keladigan koʻplab qadriyatlarim bor, ular haqida aynan sizning xabardor boʻlishingiz koʻpam shart emas. Tushunganingiz uchun rahmat", - deb yozib qoldirgan xonanda.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xonanda Ruslan Sharipov kuni kecha 54 yoshida olamdan oʻtdi. 

Ruslan Sharipov 1966 yil 10 sentyabrda Samarqand shahrida tugʻilgan. Sharipov nafaqat qoʻshiqchi, balki musiqachi va bastakor boʻlgan: "Bolalar", "Setora", "Bayt" kabi mashhur guruhlarga asos solgan. Bundan tashqari, taniqli xonanda "Shahzod" va "Xoʻja" guruhlarining mashhur qoʻshiqlarini bastalagan.

Asosiy mavzular