01:42 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Madaniyat
Havola olish
147 0 0

Turkiya keng jamoatchiligini Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkaziladi. Bu masala Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavushogʻlu oʻrtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikning yuqori darajasi, shuningdek, ikki mamlakat manfaatlariga mos keladigan barcha yoʻnalishlardagi hamkorlik qoʻlami yuqori surʼatlar bilan oʻsib borayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Madaniy-gumanitar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

“Turkiya keng jamoatchiligini Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida Anqara va Istanbul shaharlarida Oʻzbekiston madaniyati kunlarini oʻtkazish rejalari muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Joriy yilning 19-20 fevral kunlari yuqori darajada boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston – Turkiya” strategik hamkorlik Kengashining birinchi yigʻilishi mamlakatlararo hamkorlikning rivojlanishida boshlangan yangi bosqichni ifoda etganligi ham taʼkidlandi.

Ikkala davlatning umumiy manfaatlari va tashabbuslarini ilgari surish maqsadida yaqin vaqtlarda Strategik rejalashtirish guruhining 2-yigʻilishini va ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish imkoniyati koʻrib chiqildi.

Turkiya tomoniga pandemiyaga qarshi kurashda bir necha bor koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Turkiya pandemiyaning taʼsiriga qaramay, oʻzaro savdo hajmini qisqa muddatda 5 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular