03:04 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Madaniyat
Havola olish
72 0 0

Oʻzbekistonlik abituriyentlarning 5 yillik oʻqishi uchun toʻlovlarni "Oʻzbekkino" MA va "Rossotrudnichestva" markazi birgalikda amalga oshiradi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. VGIK (Umumrossiya davlat kinematografiya instituti) bu yil 7 nafar oʻzbekistonlik kinochilarni tanlov asosida qabul qiladi. Bu haqida "Oʻzbekkino" MA bilan imzolangan memorandumda aytib oʻtilgan. 

Shuningdek, "Rossotrudnichestvo", "Oʻzbekkino" hamda VGIK orasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda oʻzekistonlik yoshlarning 5 yillik oʻqish puli birgalikda jamlangan mablagʻlardan toʻlanishi haqida kelishib olindi. 

Eslatib oʻtamiz, avgust oyining boshida "Oʻzbekkino" milliy agentligida VGIKda oʻqishni istagi bor abituriyentlar orasida onlayn-imtihon boʻlib oʻtgan edi. Shunindek rejissura, dramaturgiya, kinooperatorlik va prodyuserlik mutaxassisliklari boʻyicha ijodiy imtihonlar ham topshirilgan edi. 

VGIK, Vserossíyskiy gosudárstvennыy institút kinematográfii ímeni S. A. Gerásimova, - kino, televideniye va teatr sohasida mutaxassislar tayyorlovchi Rossiyaning yetakchi oliygohi hisobladi. Muassasa 1919 yilda tashkil qilingan va ayni damda Rossiya milliy boyliklari roʻyxatiga kiritilgan. Oliygohda kino, televideniye, teatr, multiplikayai sohalarida ishlash uchun rejisserlar, aktyorlar, dramaturglar, postanovщiklar, ovoz rejisserlari, kostyumlar rassomi va boshыa mutaxassislar tayyorlaydi. Sovet davrining va hozirgi zamonning aksariyat yetakchi rejisserlari ushbu oliygohni yakunlagan. 

Asosiy mavzular