O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasida xalq diplomatiyasi rivojlanadi

Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar o‘rni” mavzusida onlayn muloqot o‘tkazildi.

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasida xalq diplomatiyasi rivojlanadi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qilmoqda.

Rossiyskiy universitet drujbi narodov (RUDN) - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya – imkoniyatlar vaqti: Rossiya OTMlari MDH talabalarini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda

Xabarda yozilishicha, O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, agentlilik, Rossiyadagi o‘zbek diasporalari va boshqa tashkilotlar hamkorligida “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar o‘rni” mavzusida onlayn muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarni rivojlantirish, uning obro‘sini oshirish, tashqi dunyo bilan munosabatlarni mustahkamlashda Rossiyadagi vatandoshlar tajribasidan foydalanish,  milliy urf-odatlarimiz, o‘zbek tilini, xususan, madaniyatimiz va qadriyatlarimizni asrab-avaylash kabi masalalar muhokama qilindi.

Prezidentning 2018-yil 25-oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida o‘zbekiston respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasida xalq diplomatiyasini rivojlantirish, yaqin qo‘shnichilik va hamjihatlikni mustahkamlashda xorijdagi o‘zbek milliy-madaniy markazlarining o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Yangiliklar lentasi
0