21:18 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Madaniyat
Havola olish
238 0 0

Olimlar oʻzaro kengashdan soʻng koshinlar XIII asr oxiri - XIV asr oʻrtalariga oidligi hamda Samarqanddagi Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga tegishli ekanligini aniqlandi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. XIII asrga oid oʻgʻirlangan koshinlar Britaniya muzeyi koʻmagida Oʻzbekistonga qaytariladi. Bu haqda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, shu yilning yanvar oyida London Xitrou aeroportida epigrafik sirlangan koshinlar partiyasi qoʻlga olinganligi haqida holat qayd etilgan.

Qoʻshimcha hujjatlarda ular Sharjada 315 dirhamga sotib olinganligi va sotish uchun moʻljallanganligi bildirilgan. Koshinlar Buyuk Britaniya chegara xizmati vakillari tomonidan qoʻlga olinib, ularning haqiqiy yoshi, kelib chiqqan mamlakatiga aniqlik kiritish maqsadida Britaniya muzeyiga murojaat qilingan.

Britaniya muzeyida dunyoning yetti mamlakati olimlari bilan maslahatlashuv kengashi tashkil qilindi. Oʻzaro kengashdan soʻng koshinlar XIII asr oxiri - XIV asr oʻrtalariga oidligi hamda Samarqanddagi Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga tegishli ekanligi aniqlandi. Shohi-Zinda yodgorlik majmuasida bir necha bor, xususan, 1996, 2000 va 2004 yillarda arxeologik qazish va tiklash ishlari amalga oshirilgan.

2004 yildagi ishlar davomida ilgari majmuada mavjud boʻlgan binolardan ham, saqlanib qolgan yodgorlik inshootlaridan ham meʼmoriy bezaklarning koʻp sonli qismlari topilgan. Topilgan parchalar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga, Samarqand shahar tarixiy-madaniy va meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasiga, Samarqand shahri tarixi muzeyi jamgʻarmalariga oʻtkazilgan.

Ushbu dalillar keltirilgach, koshinlarni import qiluvchi egalik huquqini talab qilmadi. Koshinlar musodara qilindi va keyinchalik Oʻzbekistonga repatriatsiya qilish uchun Britaniya muzeyiga topshirildi.

Karantin boʻlishiga qaramay, Madaniyat vazirligi rasmiy murojaat olgandan soʻng, Madaniy meros boʻlimidagi oʻzbekistonlik olimlar bilan birgalikda ushbu koshinlarning kelib chiqishini aniq joylarda oʻrganishni boshladi. Koshinlarning maʼlum bir yodgorlikka tegishliligini aniqlash uchun Samarqandga boradigan ishchi guruh tashkil etildi.

Tadqiqotlar davomida koshinlar Xoʻja Ahmad maqbarasi (XIV asrning ikkinchi yarmi), nomaʼlum maqbara (1360/61) meʼmoriy bezaklariga uslubiy yaqinligi aniqlandi, ammo meʼmoriy yodgorliklardan bezak parchalarining koshinlar bilan toʻliq mos kelishi hozircha aniqlanmadi.

Ayni paytda koshinlarning maʼlum bir meʼmoriy yodgorlikka tegishli ekanligini aniqlash boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Ushbu koshinlar qaytarilishdan oldin 2020 yil dekabr oyida Britaniya muzeyida namoyish etiladi.

Asosiy mavzular