Rossiya kinokompaniyasi O‘zbekistonda sarguzasht-fantaziya filmini suratga oladi

© NA "Uzbekkino"NA "Uzbekkino" podpisalo memorandum o sotrudnichestve s rossiyskoy kinokompaniyey "Sputnik Vostok Prodakshn" po syemkam filma "Solnse na vkus"
NA Uzbekkino podpisalo memorandum o sotrudnichestve s rossiyskoy kinokompaniyey Sputnik Vostok Prodakshn po syemkam filma Solnse na vkus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik kinoijodkorlar O‘zbekistonda sarguzasht-fantaziya janridagi “Solnse na vkus” (“Quyosh ta’mi”) filmini suratga oladi. Film oila davrasida tomosha qilish uchun mo‘ljallangan.

TOShKENT, 22 okt — Sputnik. “O‘zbekkino” MA Rossiyaning  “Sputnik Vostok Prodakshn”  kinokompaniyasi bilan  “Solnse na vkus” filmini suratga olish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Syemka  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda film olayotgan xorijiy kinokompaniyalarga 300 ming $ gacha xarajat qoplanadi

Ta’kidlanishicha, agentlikda  “Solnse na vkus”  (“Quyosh ta’mi”) kinoloyihasi jamoasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar loyihani hamkorlikda amalga oshirish va  “O‘zbekkino” tomonidan filmni suratga olishda ko‘rsatiladigan yordam  bo‘yicha kelishib olindi.

Film oila davrasida tomosha qilish uchun mo‘ljallangan  bo‘lib, sarguzasht-fantaziya janrida suratga olinadi.  Uni 2021-yilning uchinchi choragida taqdim etish  rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0