19:09 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
35601

Mazkur filmda ulugʻ sarkarda Bobur Mirzoning tugʻilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida soʻz boradi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Ulugʻ sarqarda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida “Yoʻlbarsning tugʻilishi” nomli qisqa metrajli filmning tasvirga olish ishlari boshlandi. Film “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmoqda.

Film stsenariysi taniqli adib Xayriddin Sultonovning shu nomli hikoyasi asosida yaratilgan. Mazkur filmda temuriyzoda Zahiriddinning tugʻilishi va unga Bobur ismining berilishi ilohiy sabablari haqida soʻz boradi. Umarshayx Mirzoning oʻgʻil farzand koʻrish orzusi va Bobur Mirzoning dunyoga kelishi bilan bogʻliq tarixiy voqealar filmda badiiy toʻqimalar yordamida ochib beriladi.

Snimayetsya korotkometrajnыy film o Zaxiriddine Muxammade Babure
Snimayetsya korotkometrajnыy film o Zaxiriddine Muxammade Babure

“Yoʻlbarsning tugʻilishi” tarixiy-badiiy filmida Elbek Fayziyev, Boir Xolmirzayev, Tamara Hazratqulova, Marjona Oʻljayeva, Maʼruf Otajonov, Madina Odilova, Daler Timurov, Abdurahmon Ochilov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro qilmoqda.

Asosiy mavzular